Vengriya TIV rahbari Zelenskiyni ko‘rnamaklikda aybladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPeter Siyarto, arxivnoe foto
Peter Siyarto, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2023
Obuna bo‘lish
Peter Siyarto Ukraina prezidentining Vengriyaga nisbatan aytgan gaplariga munosabat bildirdi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Vengriya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Peter Siyarto Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni yaxshilikni bilmaslikda aybladi.
Avvalroq Zelenskiy Vengriyani Rossiyani qo‘llab-quvvatlashda ayblab, NATO mamlakati “Ukrainaga alyansga qo‘shilishi kerakmi yoki yo‘qligini maslahat berishi shart emasligini aytgandi”, chunki unda uni ittifoqchi deb atash qiyin.
“Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Vengriya xulq-atvori NATOga a’zo mamlakat uchun mos kelmaydi. Nima ham derdik, baxtga ko‘ra, buni u hal qilmaydi”, - deya yozdi Siyarto o‘zining ijtimoiy tarmoqlarda sahifasida. Undan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Shuningdek, siyosatchi vengr xalqi Ukrainadagi mojaro uchun o‘ta yuqori badal to‘laganini eslatdi.
“Agar bu “Bir milliondan ziyod ukrainalik qochoqlarni qabul qilgani va ular haqida qayg‘urgani uchun venglarga hurmat bilan minnatdorchilik bildiraman, doimiy ko‘rsatilayotgan yordam uchun hurmat bilan minnatdorchilik bildiraman” degan bayonotni anglatsa, bundan buyog‘iga ham bizdan umid qilishingiz mumkin”, - deya yozdi Vengriya TIV rahbari.
Avvalroq Siyarto Karpatortidagi vengrlar haq-huquqlari tiklanmaguncha, Budapesht Ukrainaning NATO va YeI tomon qilgan biror bir jiddiy xatti-harakatini qo‘llab-quvvatlamasligini aytgan edi.
Yangiliklar lentasi
0