https://oz.sputniknews.uz/20230430/tovarlar-qqs-imtiyoz-34439195.html
Ayrim tovarlarga QQS bo‘yicha imtiyoz qo‘llaniladi
Ayrim tovarlarga QQS bo‘yicha imtiyoz qo‘llaniladi
Sputnik O‘zbekiston
Hukumat qarori bilan “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan hamda olib kiriladigan tovarlarga (xizmatlarga) qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risida”gi nizom qabul qilindi
2023-04-30T10:30+0500
2023-04-30T10:30+0500
2023-04-30T10:30+0500
iqtisod
qqs
soliq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24363517_399:23:3040:1508_1920x0_80_0_0_dffc5b59b8151aad883e0ff980f73eb3.jpg
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. O‘zbekistonda xalqaro moliya institutlari amalga oshirayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bo‘yicha imtiyoz qo‘llaniladi.Hukumat qarori bilan “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan hamda olib kiriladigan tovarlarga (xizmatlarga) qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risida”gi nizom qabul qilindiNizom bilan quyidagilar belgilandi:QQS bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash uchun loyiha tashabbuskori (buyurtmachi) tomonidan bojxona organlariga loyihani moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida tasdiqnoma taqdim etiladi.To‘liq yoki qisman xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘laridan QQSni qoplash uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan loyihalar bo‘lganda, qarz oluvchilarga QQSni to‘lash uchun Davlat budjetidan mablag‘lar ajratiladi.Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanmaydigan loyihalar bo‘lganda, QQS uchun to‘lovlar qarz oluvchilarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24363517_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_e273784e2c41d01d449f2294220121c9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tovar qqs o‘zbekiston qaror
tovar qqs o‘zbekiston qaror
Ayrim tovarlarga QQS bo‘yicha imtiyoz qo‘llaniladi
QQS bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash uchun loyiha tashabbuskori (buyurtmachi) tomonidan bojxona organlariga loyihani moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida tasdiqnoma taqdim etiladi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. O‘zbekistonda xalqaro moliya institutlari amalga oshirayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bo‘yicha imtiyoz qo‘llaniladi.
Hukumat
qarori bilan “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan hamda olib kiriladigan tovarlarga (xizmatlarga) qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risida”gi nizom qabul qilindi
Nizom bilan quyidagilar belgilandi:
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan va olib kiriladigan tovarlarga (xizmatlarga) QQS bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash;
loyihalar doirasida qarz Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan bo‘lsa, tovarlarni olib kirish va tovarlarni (xizmatlarni) sotib olishda QQSni to‘lash;
Davlat budjetidan QQSni to‘lash uchun mablag‘ ajratilgunga qadar loyihani amalga oshirish guruhi yoki ijro agentligiga 120 kun muddatga QQSni kechiktirib to‘lash huquqi berish;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan va olib kiriladigan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘lanadigan QQSni qoplab berish.
QQS bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash uchun loyiha tashabbuskori (buyurtmachi) tomonidan bojxona organlariga loyihani moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida tasdiqnoma taqdim etiladi.
To‘liq yoki qisman xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘laridan QQSni qoplash uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan loyihalar bo‘lganda, qarz oluvchilarga QQSni to‘lash uchun Davlat budjetidan mablag‘lar ajratiladi.
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanmaydigan loyihalar bo‘lganda, QQS uchun to‘lovlar qarz oluvchilarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.