https://oz.sputniknews.uz/20230430/soledar-qurol-ombori-video-34469378.html
Soledardagi ulkan yer osti qurol-yarog‘ ombori — eksklyuziv video
Soledardagi ulkan yer osti qurol-yarog‘ ombori — eksklyuziv video
Sputnik O‘zbekiston
Soledarda strategik muhim harbiy obyekt, millionlab dona qurollar saqlanayotgan omborxona Rossiya askarlari qo‘liga o‘tdi.
2023-04-30T16:12+0500
2023-04-30T16:12+0500
2023-04-30T16:46+0500
video
artyomovsk
ukraina
donesk xalq respublikasi (dxr)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1e/34458073_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_d26eb2a39d7e4ae1774cf6c9fa101f4d.jpg
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. "Vagner" jangchilari DXRning Soledar shahri yaqinidagi sovet davridan qolgan ulkan qurol-yarog‘ omobini ilk bor ko‘rsatdi. Ma’lum bo‘lishicha, omborxona yanvar oyida Rossiya askarlari qo‘liga o‘tgan, lekin uning kirish qismi portlatib yuborilgani tufayli unga kirishning iloji bo‘lmagan. Soledar shahrida 100-yildan ortiq vaqt davomida tuz qazib olingan. Sobiq Ittifoq davrida barcha respublikalarga osh tuzi aynan shu yerdan yetkazib berilgan. Ushbu faoliyat natijasida yer ostida kengligi 17 metr balandligi 50 metr bo‘lgan ulkan bo‘shliqlar paydo bo‘lgan. Ular bir biri bilan tunnellar orqali bog‘langan, tunnellar uzunligi 200 dan 300 km gacha bo‘lgan. Sovet Ittifoqi 1960-yillarda Paraskoviyevka qishlog‘i yaqinida eng yirik o‘qotar qurollar omborxonasi tashkil qiladi. U yerda asosan Ikkinchi jahon urushidan so‘ng to‘planib qolgan sovet, nemis va amerikada ishlab chiqarilgan pistolet, miltiq va pulemotlarni, shuningdek, millionlab dona yangi 7,62 mm Kalashnikov avtomatlari saqlanadi. Ukraina sharqida mojaro boshlanganidan keyin ukrainalik harbiylar u yerda saqlanayotgan qurollarni olib chiqishni boshlagani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. 2022-yil iyul oyida Ukraina harbiylari qurol-yarog‘ omborlarini portlatgani haqida xabar berilgan edi.Yanvar oyida "Vagner" guruhi Soledarni ozod qildi va ushbu hududda nazoratni o‘z qo‘liga oldi. Ma’lum bo‘lishicha, ukrainalik harbiylar omborning faqat kirish qismini portlatgan, qurol-aslaha saqlanayotgan tunnellarga zarar yetmagan. Agentlik suhbatdoshining ta’kidlashicha, Ukraina armiyasi qurollarning bir qismini olib yetganiga qaramay, omborlarda hali ham katta miqdordagi qurol va o‘q-dorilar qolmoqda.Soledar Kiyev uchun strategik ahamiyatga ega edi, u Artyomovsk-Seversk mudofaa chizig‘ining markazida joylashgan edi. Bu yerda Ukraina harbiylari kuchli mudofaa istehkomlarini qurdilar. Soledarning ozod qilinishi Artyomovsk va Seversk o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’minot yo‘lini uzib qo‘yishga, shuningdek, Artyomovskni shimol tomondan qamrab olishga imkon berdi.
artyomovsk
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Kadri iz utselevshix sovetskix skladov s voorujeniyem pod Soledarom
Sputnik O‘zbekiston
Korrespondenti RIA Novosti odnimi iz pervix pobivali v utselevshix sovetskix skladax s voorujeniyem pod Soledarom
2023-04-30T16:12+0500
true
PT5M53S
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1e/34458073_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_ab273595518202aed5b527d90ac65652.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
soledar omborxona rossiya vagner ukraina artyomovsk
soledar omborxona rossiya vagner ukraina artyomovsk
Soledardagi ulkan yer osti qurol-yarog‘ ombori — eksklyuziv video
16:12 30.04.2023 (yangilandi: 16:46 30.04.2023) Soledarda strategik muhim harbiy obyekt, millionlab dona qurollar saqlanayotgan omborxona Rossiya askarlari qo‘liga o‘tdi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. "Vagner" jangchilari DXRning Soledar shahri yaqinidagi sovet davridan qolgan ulkan qurol-yarog‘ omobini ilk bor ko‘rsatdi.
Ma’lum bo‘lishicha, omborxona yanvar oyida Rossiya askarlari qo‘liga o‘tgan, lekin uning kirish qismi portlatib yuborilgani tufayli unga kirishning iloji bo‘lmagan.
Soledar shahrida 100-yildan ortiq vaqt davomida tuz qazib olingan. Sobiq Ittifoq davrida barcha respublikalarga osh tuzi aynan shu yerdan yetkazib berilgan. Ushbu faoliyat natijasida yer ostida kengligi 17 metr balandligi 50 metr bo‘lgan ulkan bo‘shliqlar paydo bo‘lgan. Ular bir biri bilan tunnellar orqali bog‘langan, tunnellar uzunligi 200 dan 300 km gacha bo‘lgan.
Sovet Ittifoqi 1960-yillarda Paraskoviyevka qishlog‘i yaqinida eng yirik o‘qotar qurollar omborxonasi tashkil qiladi. U yerda asosan Ikkinchi jahon urushidan so‘ng to‘planib qolgan sovet, nemis va amerikada ishlab chiqarilgan pistolet, miltiq va pulemotlarni, shuningdek, millionlab dona yangi 7,62 mm Kalashnikov avtomatlari saqlanadi.
Ukraina sharqida mojaro boshlanganidan keyin ukrainalik harbiylar u yerda saqlanayotgan qurollarni olib chiqishni boshlagani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. 2022-yil iyul oyida Ukraina harbiylari qurol-yarog‘ omborlarini portlatgani haqida xabar berilgan edi.
Yanvar oyida "Vagner" guruhi Soledarni ozod qildi va ushbu hududda nazoratni o‘z qo‘liga oldi. Ma’lum bo‘lishicha, ukrainalik harbiylar omborning faqat kirish qismini portlatgan, qurol-aslaha saqlanayotgan tunnellarga zarar yetmagan.
“Ular o‘zlariga kerakli qurollarni olib chiqib, qolgan omborlarni yo‘q qilish uchun minalashtirgan. Bunda ular yondiruvchi bombalardan foydalangan, ya’ni portlash sodir bo‘lganda, bu yerdagi qurollar yonib ketishi kerak bo‘lgan. Lekin ukrainalik saporlar xatosi tufayli faqat kirish qismi portlagan va simlar uzilgan, ichkaridagi bombalar portlamay qolgan", - dedi jangchi.
Agentlik suhbatdoshining ta’kidlashicha, Ukraina armiyasi qurollarning bir qismini olib yetganiga qaramay, omborlarda hali ham katta miqdordagi qurol va o‘q-dorilar qolmoqda.
Soledar Kiyev uchun strategik ahamiyatga ega edi, u Artyomovsk-Seversk mudofaa chizig‘ining markazida joylashgan edi. Bu yerda Ukraina harbiylari kuchli mudofaa istehkomlarini qurdilar. Soledarning ozod qilinishi Artyomovsk va Seversk o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’minot yo‘lini uzib qo‘yishga, shuningdek, Artyomovskni shimol tomondan qamrab olishga imkon berdi.