Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Referendum — 2023
O‘zbekistonda Konstitutsiya islohoti: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha umumxalq referendumi 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda fuqarolar 65% ga yangilangan Konstitutsiyani qabul qilish yoki qilmaslik uchun ovoz beradi.

Soat 17:00 holatiga 81,39 foiz ovoz beruvchi referendumda ishtirok etdi

© Sputnik / Vladimir AlekseyevReferendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya.
Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2023
Obuna bo‘lish
Uchastkalar ochilganidan beri 15 mln 802 ming 095 nafar fuqaro o‘z ovozini berib bo‘ldi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Bugun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘yicha 81,39 foiz ovoz beruvchi referendumda ishtirok etdi. Bu haqda MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov ma’lum qildi.
"O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi uchastka va okrug komissiyalaridan olingan ma’lumotlarga e’tibor qaratsak soat 17:00 holatiga ovoz beruvchi fuqarolarning 15 mln 802 ming 095 nafari yoki 81,39 foizi ovoz berdi", deydi Qo‘chqorov.
Shunday qilib, eng ko‘p Farg‘ona 2 209 804 nafar, Samarqand 2 081 436 nafar, Toshkent viloyati 1 790 758 nafar, Toshkent shahri 1 780 901 nafar, Andijonda 1 702 902 nafar fuqaro ovoz bergan.
Eslatib o‘tamiz, referendumda ovoz beruvchilar ro‘yxatiga 19 mln 722 ming 809 nafar fuqaro kiritilgan.
Bugun O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumda ovoz berish jarayonlari o‘tkazilmoqda. Respublika bo‘yicha tashkil etilgan jami 10758 ta referendum uchastkasi soat 08:00 da ochildi. O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 55 ta referendum uchastkasi o‘z faoliyatini olib boradi.
Yangiliklar lentasi
0