Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Referendum — 2023
O‘zbekistonda Konstitutsiya islohoti: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha umumxalq referendumi 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda fuqarolar 65% ga yangilangan Konstitutsiyani qabul qilish yoki qilmaslik uchun ovoz beradi.

Senat raisi Tanzila Narbayeva referendumda ovoz berdi

© Press-slujba Senata Oliy MajlisaPredsedatel Senata Oliy Majlisa Tanzila Narbayeva otdala svoy golos na referendume.
Predsedatel Senata Oliy Majlisa Tanzila Narbayeva otdala svoy golos na referendume. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2023
Obuna bo‘lish
Senat raisi Toshkentdagi 567-referendum uchastkasida ovoz berdi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva poytaxtning 567-referendum uchastkasida ovoz berdi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekistonda Konstitutsiya bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tmoqda. Referendumga “Siz “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini qabul qilasizmi?”, degan masala olib chiqilgan.
Respublika bo‘yicha tashkil etilgan jami 10758 ta referendum uchastkasi soat 08:00 da ochildi. O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 55 ta referendum uchastkasi o‘z faoliyatini olib boradi.
Referendumda ishtirok etish huquqiga ega 20 milliondan oshiq fuqaro ovoz berish jarayonlarida qatnashishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0