Rossiya TIV transgenderlarga Olimpiadada qatnashishga ruxsat berish g‘oyasiga munosabat bildirdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPrezident Mejdunarodnogo olimpiyskogo komiteta (MOK) Tomas Bax i mer Parija Ann Idalgo, arxivnoe foto
Prezident Mejdunarodnogo olimpiyskogo komiteta (MOK) Tomas Bax i mer Parija Ann Idalgo, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV XOQning transgender sportchilarga musobaqalarda qatnashishga ruxsat berish sport mavjudligini shubha ostiga qo‘yishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Sport “shubhali eksperimentlar” uchun maydonga aylanmasligi kerak, transgender sportchilarga musobaqalarda, jumladan, Olimpiya o‘yinlarida qatnashishga ruxsat berish sport mavjudligini shubha ostiga qo‘yadi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Bunday yangi tartib-qoida ayollar sporti mavjudligini shubha ostiga qo‘yadi, axir endi musobaqalarda yaqqol jismoniy ustunlikka ega jinsini o‘zgartirgan erkaklar qatnashishi mumkin. Bunday holatda Tomas Bax jon kuydirayotgan qanday halol o‘yin va haq-huquqlar cheklanmagan sport tamoyillari haqida gap bo‘lishi mumkin?” – deyiladi xabarda.
Rossiya TIV shunga o‘xshash tashabbuslar “Olimpizmning xalqaro tan olingan asoslarini yo‘q qilish” yo‘lidagi yana bir tomchi ekanini qo‘shimcha qilgan.
“Musobaqalarning erkaklar va ayollar turlariga ajratilishi an’naviy tushunchada raqobatli sport kurashining yagona halol normasi bo‘lib qolishidan kelib chiqamiz”, - deya xulosa qilingan xabarda.
2021 yilda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) xalqaro federatsiyalar uchun transgenderlarga musoqabalarda qatnashishga ruxsat berishga oid tamoyillar to‘plamini e’lon qilgandi. Unda, xususan, “ruxsat berish mezonlariga mos keluvchi har bir sportchi u o‘zini qaysi gender toifasida yaxshi deb his qilsa, ishtirok etishi kerak” deyilgandi. O‘sha yili birinchi transgender sportchi Olimpiya o‘yinlarida qatnashdi.
Yangiliklar lentasi
0