Prezident Qirg‘izistonga ID-karta bilan borib kelishga ruxsat beruvchi hujjatni tasdiqladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti.
Shavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2023
Obuna bo‘lish
Hujjat ikki mamlakat fuqarolari ID-kartani ko‘rsatgan holda o‘zaro chegarani kesib o‘tishi mumkinligini nazada tutadi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. O‘zbekiston tomoni Qirg‘iziston bilan ID-karta orqali o‘zaro kelib-ketish haqidagi bayonnomani tasdiqladi. 27-aprel kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tegishli qarorni imzoladi.
2023 yil 27-yanvar kuni Bishkek shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari ishtirokida 2006-yil 3-oktabrda Toshkent shahrida imzolangan ikki davlat o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro kelib-ketishlariga oid Bitimga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi bayonnoma almashilgan edi.
Unga ko‘ra, ikki mamlakat fuqarolari xorijga chiqish pasportisiz, ID-kartani ko‘rsatgan holda o‘zaro chegarani kesib o‘tishi mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston tomonidan qaror ijrosini ta’minlashga Ichki ishlar vazirligi va DXX Chegara qo‘shinlari mas’ul etib belgilandi. Tashqi ishlar vazirligi bu xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilgani haqida Qirg‘iziston tomoniga bildirishnoma yuboradi.
Ikki davlat fuqarolarining chegarani ID-karta orqali kesib o‘tishiga ruxsat endi Qirg‘iziston tomonining bu bayonnomani tasdiqlashidan so‘ng amalga oshadi.
Ma’lumot uchun, bugungi kungacha hali birorta davlat bilan ID-karta orqali o‘zaro borib-kelish tartibi yo‘lga qo‘yilmagan edi. Qirg‘iziston birinchisi bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0