https://oz.sputniknews.uz/20230430/ozbekistonda-referendumda-ovoz-berish-yakunlandi-34478758.html
O‘zbekistonda referendumda ovoz berish yakunlandi
O‘zbekistonda referendumda ovoz berish yakunlandi
Sputnik O‘zbekiston
Respublika bo‘yicha tashkil etilgan jami 10758 ta referendum uchastkasi o‘z ishini soat 20:00 da yakunladi. 30.04.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-04-30T20:00+0500
2023-04-30T20:00+0500
2023-04-30T20:00+0500
referendum — 2023
o‘zbekiston
referendum
markaziy saylov komissiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1e/34425112_0:143:2727:1677_1920x0_80_0_0_e4705b37334026e9924f47b26dfd80ce.jpg
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Bugun O‘zbekistonda Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumda ovoz berish yakunlandi. Ayrim xorij mamlakatlarda jarayon davom etmoqda.Respublika bo‘yicha tashkil etilgan jami 10758 ta referendum uchastkasi o‘z ishini soat 20:00 da yakunladi. O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 55 ta referendum uchastkasi tuzilgan. Shundan Vladivostok, Tokio, Seul, Kvandju, Pekin, Shanxay, Guandjou, Kuala-Lumpur va Singapur shaharlaridagi referendum uchastkalarida ovoz berish jarayonlari yakunlandi. Ushbu referendum uchastkalarida ovoz berish natijalarini aniqlash, bulletenlarni sanash jarayonlari boshlangan. Oxirgi uchastka 1-may, Toshkent vaqti bilan 05:00 da AQShda yopiladi.Eslatib o‘tamiz, referendumda ovoz beruvchilar ro‘yxatiga 19 mln 722 ming 809 nafar fuqaro kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi uchastka va okrug komissiyalaridan olingan ma’lumotlariga ko‘ra, soat 17:00 holatiga ovoz beruvchi fuqarolarning 15 mln 802 ming 095 nafari yoki 81,39 foizi ovoz berdi.Bugun MSKning matbuot markazida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendum tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha brifinglar o‘tkazildi. Unda MSK, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zNNTMA Kengashi, Bosh prokuratura, Oliy sud, partiyalar va boshqa davlat idoralari hamda tashkilotlari vakillarining referendum jarayonlari haqidagi hisobotlari tinglandi. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan soat 11:00, 13:00, 15:00 va 17:00 holatiga ko‘ra, referendumda ovoz berganlar soni e’lon qilib borildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1e/34425112_0:0:2727:2045_1920x0_80_0_0_2c0e8a5b2074fbb024b7b730cdfb8c4a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, referendum, markaziy saylov komissiyasi
o‘zbekiston, referendum, markaziy saylov komissiyasi
O‘zbekistonda referendumda ovoz berish yakunlandi
Respublika bo‘yicha tashkil etilgan jami 10758 ta referendum uchastkasi o‘z ishini soat 20:00 da yakunladi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Bugun O‘zbekistonda Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumda ovoz berish yakunlandi. Ayrim xorij mamlakatlarda jarayon davom etmoqda.
Respublika bo‘yicha tashkil etilgan jami 10758 ta referendum uchastkasi o‘z ishini soat 20:00 da yakunladi.
O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 55 ta referendum uchastkasi tuzilgan. Shundan Vladivostok, Tokio, Seul, Kvandju, Pekin, Shanxay, Guandjou, Kuala-Lumpur va Singapur shaharlaridagi referendum uchastkalarida ovoz berish jarayonlari yakunlandi.
Ushbu referendum uchastkalarida ovoz berish natijalarini aniqlash, bulletenlarni sanash jarayonlari boshlangan. Oxirgi uchastka 1-may, Toshkent vaqti bilan 05:00 da AQShda yopiladi.
Referendumda ovoz berish bilan bog‘liq umumiy ma’lumotlar 1-may kuni e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, referendumda ovoz beruvchilar ro‘yxatiga 19 mln 722 ming 809 nafar fuqaro kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi uchastka va okrug komissiyalaridan olingan ma’lumotlariga ko‘ra, soat 17:00 holatiga ovoz beruvchi fuqarolarning 15 mln 802 ming 095 nafari yoki 81,39 foizi ovoz berdi.
Bugun MSKning matbuot markazida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendum tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha brifinglar o‘tkazildi.
Unda MSK, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zNNTMA Kengashi, Bosh prokuratura, Oliy sud, partiyalar va boshqa davlat idoralari hamda tashkilotlari vakillarining referendum jarayonlari haqidagi hisobotlari tinglandi.
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan soat 11:00, 13:00, 15:00 va 17:00 holatiga ko‘ra, referendumda ovoz berganlar soni e’lon qilib borildi.