Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Referendum — 2023
O‘zbekistonda Konstitutsiya islohoti: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha umumxalq referendumi 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda fuqarolar 65% ga yangilangan Konstitutsiyani qabul qilish yoki qilmaslik uchun ovoz beradi.

MDH bosh kotibi ovoz berish jarayoniga baho berdi - video

© SputnikGeneralniy sekretar SNG Sergey Lebedev na golosovanii po referendumu v Uzbekistane
Generalniy sekretar SNG Sergey Lebedev na golosovanii po referendumu v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2023
Obuna bo‘lish
Lebedevning so‘zlariga ko‘ra, MDH missiyasi ovoz berish jarayonida qonunbuzarlik holatlarini aniqlamagan.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) bosh kotibi Sergey Lebedev referendumdagi ovoz berish jarayoni haqidagi ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
"Ovoz berish tinch va bayramona ruhda o‘tmoqda. Biz qonunbuzarliklarni aniqlaganimiz yo‘q", - dedi Lebedev.
Eslatib o‘tamiz, bugun konstitutsiya loyihasi bo‘yicha referendumning asosiy kuni. Ovoz berish soat 20.00 gacha davom etadi. Bugun 11 mingga yaqin referendum uchastkasi ochildi.
400 dan ortiq referendum uchastkalari internetga ulangan videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan – respublikaning har bir tuman va shaharlarida ikkitadan uchastka mavjud. O‘zbekiston MSK ma’lumotlariga ko‘ra, xorijda 39 davlatda 55 ta statsionar referendum uchastkasi ochilgan.
Rossiyada referendum o‘tkaziladigan yettita uchastka mavjud: Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Novosibirsk, Rostov-na-Donu, Qozon va Vladivostokda.Respublikning qariyb 308 ming fuqarosi xorijda ovoz beradi. Referendumni 50 dan ortiq davlatdan 400 ga yaqin xalqaro kuzatuvchilar kuzatmoqda.
Yangiliklar lentasi
0