https://oz.sputniknews.uz/20230430/braziliya-bilan-hamkorligimizni-yanada-chuqurlashtirishga-tayyormiz--saidov--34474552.html
Braziliya bilan hamkorligimizni yanada chuqurlashtirishga tayyormiz – Saidov
Braziliya bilan hamkorligimizni yanada chuqurlashtirishga tayyormiz – Saidov
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Braziliya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30-yil to‘ldi. Bu muhim voqea munosabati bilan ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari Baxtiyor Saidov va Mauro Viyeyra tabrik maktublari almashdilar.
2023-04-30T16:41+0500
2023-04-30T16:41+0500
2023-04-30T16:41+0500
siyosat
baxtiyor saidov
braziliya
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0d/33910361_0:58:1280:778_1920x0_80_0_0_33f832ce09eb02845eff29c2b1c0ff37.jpg
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Braziliya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30-yil to‘ldi. Bu muhim voqea munosabati bilan ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari Baxtiyor Saidov va Mauro Viyeyra tabrik maktublari almashdilar.Xususan, O‘zbekiston TIV rahbari o‘z maktubida o‘zaro hurmat va bir-birini qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston-Braziliya munosabatlari turli sohalarda izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi.O‘zbekiston TIV rahbari davlatlararo muloqotni yangi bosqichga ko‘tarish, shu jumladan, siyosiy hamkorlik va parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, investitsiya sherikligini kengaytirish lozimligini ta’kidlagan. Ikki davlat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi, sanoat, turizm, sog‘liqni saqlash, ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalarida hamkorlik qilish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari mavjud.O‘z navbatida, Braziliya tashqi ishlar vaziri Mauro Viyeyraning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Braziliyaning Markaziy Osiyodagi asosiy sheriklaridan biri sifatidagi maqomini mustahkamlab bormoqda. O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston va Braziliya o‘rtasidagi do‘stona aloqalar izchil rivojlanib kelayotir. Uning fikriga ko‘ra, bugun ikki mamlakat va xalqlarning manfaatlari yo‘lida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish vaqti keldi.Shu nuqtayi nazardan, u Braziliya hukumatining O‘zbekiston bilan ikki va ko‘p tomonlama siyosiy muloqotni jadallashtirish, ishbilarmon doiralarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarini kengaytirish va savdo-iqtisodiy aloqalarni kuchaytirishga tayyorligini tasdiqladi.
braziliya
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0d/33910361_83:0:1198:836_1920x0_80_0_0_ac14904eeb0d0bfb4e47136c51321931.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston braziliya baxtiyor saidov munosabatlar
o‘zbekiston braziliya baxtiyor saidov munosabatlar
Braziliya bilan hamkorligimizni yanada chuqurlashtirishga tayyormiz – Saidov
O‘zbekiston va Braziliya tashqi ishlar vazirlari ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30-yil to‘lgani munosabati bilan o‘zaro tabrik almashishdi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Braziliya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30-yil to‘ldi. Bu muhim voqea munosabati bilan ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari Baxtiyor Saidov va Mauro Viyeyra tabrik maktublari
almashdilar.
Xususan, O‘zbekiston TIV rahbari o‘z maktubida o‘zaro hurmat va bir-birini qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston-Braziliya munosabatlari turli sohalarda izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi.
“Biz barcha sohalarda hamkorligimizni yanada chuqurlashtirishga tayyormiz”, - dedi yozdi Saidov o‘zining Telegram-kanalida.
O‘zbekiston TIV rahbari davlatlararo muloqotni yangi bosqichga ko‘tarish, shu jumladan, siyosiy hamkorlik va parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, investitsiya sherikligini kengaytirish lozimligini ta’kidlagan. Ikki davlat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi, sanoat, turizm, sog‘liqni saqlash, ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalarida hamkorlik qilish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari mavjud.
O‘z navbatida, Braziliya tashqi ishlar vaziri Mauro Viyeyraning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Braziliyaning Markaziy Osiyodagi asosiy sheriklaridan biri sifatidagi maqomini mustahkamlab bormoqda. O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston va Braziliya o‘rtasidagi do‘stona aloqalar izchil rivojlanib kelayotir. Uning fikriga ko‘ra, bugun ikki mamlakat va xalqlarning manfaatlari yo‘lida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish vaqti keldi.
Shu nuqtayi nazardan, u Braziliya hukumatining O‘zbekiston bilan ikki va ko‘p tomonlama siyosiy muloqotni jadallashtirish, ishbilarmon doiralarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarini kengaytirish va savdo-iqtisodiy aloqalarni kuchaytirishga tayyorligini tasdiqladi.