Osiyodagi eng badavlat bankir dollarni eng yirik moliyaviy terrorchi deb atadi

© PixabayGorashaya kupura
Gorashaya kupura - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2023
Obuna bo‘lish
Hindistonning “Kotak Mahindra Bank” banki bosh direktori Amerika valyutasini dunyodagi eng yirik moliyaviy terrorchi deb hisoblashini ma’lum qildi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. AQSh dollari “dunyodagi eng yirik moliyaviy terrorchidir”. Bu haqda Osiyoning eng boy bankiri, Hindistonning “Kotak Mahindra Bank” banki bosh direktori Uday Kotak ma’lum qildi.
"Men samimiy hisoblaymanki, dunyodagi eng yirik moliyaviy terrorchi AQSh dollari bo‘ladi. Bizning hamma pullarimiz “nostro” hisoblarida, va AQShda biror kishi siz ularni erta ertalabdan ularni yechib ololmaysiz deb aytishi mumkin. Va siz tutilib qoldingiz”, - dedi Kotak Dehlida “ET Awards” mukofoti topshilishi marosimida nutq so‘zlayotib. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Bankirning so‘zlariga ko‘ra, hozir dunyo yangi zaxira valyutasini tanlamoqda. Kotak Buyuk Britaniya, Yevropa, Yaponiya va hatto Xitoy hozircha o‘z valyutalarini bu rolga da’vogarlik qilish uchun ilgari sura olmasligini ta’kidladi. U jiddiy tayyorgarliklardan so‘ng Hindiston rupiysi xalqaro zaxira valyutasi bo‘lishi mumkinligini istisno qilmadi.

Mavzuga oid:

Dollardan voz kechishni orqaga qaytarib bo‘lmaydi — Lavrov
AQSh “dollar qulashi” oqibatlaridan ogohlantirildi
AQSh Rossiya tufayli dollar ustuvorligidan mahrum bo‘lmoqda - OAV
Yangiliklar lentasi
0