Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Referendum — 2023
O‘zbekistonda Konstitutsiya islohoti: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha umumxalq referendumi 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda fuqarolar 65% ga yangilangan Konstitutsiyani qabul qilish yoki qilmaslik uchun ovoz beradi.

Referendum kuni qaysi davlatdagi o‘zbekistonliklar eng oxirida ovoz beradi — MSK javobi

© SputnikReferendum 2023: Dostochnoe golosovanie v posolstve Uzbekistane v Moskve
Referendum 2023: Dostochnoe golosovanie v posolstve Uzbekistane v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2023
Obuna bo‘lish
Referendum kuni eng oxirda ochiladigan uchastka Nyu-York shahrida joylashgan.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Eng oxirgi referendum uchastkasi 1-may kuni O‘zbekiston vaqti bilan soat 9:00da ochiladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Xorijdagi o‘zbekistonliklar referendumda qayerda ovoz berishlari mumkin – manzillar.
Qayd etilishicha, respublikada referendumda ovoz berish jarayonlari 30-aprel kuni soat 08:00 dan boshlanadi. Xorijiy davlatlarda tuzilgan referendum uchastkalari o‘sha davlatlarning mahalliy vaqti bilan ochiladi.

"Eng oxirgi referendum uchastkasi 1-may kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston vaqti bilan soat 9:00da ochiladi", deya jurnalistlarning savoliga javob berdi MSK raisi.

Eslatib o‘tamiz, xorijdagi O‘zbekiston fuqarolari mamlakatning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan 55 ta referendum uchastkasida ovoz berishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0