Iroqdagi o‘zbekistonlik mahkuma ayollar murojaati bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi — video

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishSIZO
SIZO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2023
Obuna bo‘lish
Xayot Shamsutdinov: bu ayollar IShID terrorchilik tashkiloti a’zolari bo‘lgan.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Iroqda 44 nafar o‘zbekistonlik mahkuma ayollar prezidentga murojaat qilgandi. Bosh prokuratura ularning murojaati yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinovning so‘zlariga ko‘ra, bu ayollar IShID terrorchilik tashkiloti a’zolari bo‘lgan.
Ular 2017-yilda Iroq rasmiylari tomonidan hibsga olingan. Ulardan to‘rt nafari umrbod, qolganlari esa 15-yildan 20-yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi. Ular hozirda Iroqning “Rosafa” qamoqxonasida saqlanmoqda.
“Ushbu qamoqxonadagi sharoit qoniqarsiz bo‘lgani uchun 2019-yilda Iroq hukumati bilan kelishuvga asosan, mahkuma ayollarning 64 nafar farzandi O‘zbekistonga olib kelingan. Ular yashash joyidagi qarindoshlari qaramog‘iga, shuningdek, mehribonlik uylariga topshirilgan”, deyiladi xabarda.
Endi bu ayollar Shavkat Mirziyoyevdan vataniga qaytishda yordam berishni so‘rashdi.
Bosh prokuratura ayollar jazo muddati tugagandan keyingina O‘zbekistonga qaytishi mumkinligini qayd etdi.
Yangiliklar lentasi
0