Bugun Toshkentning ayrim hududlarida tabiiy gaz o‘chiriladi — manzillar

© Sputnik / Pavel LisisinGazovaya plita
Gazovaya plita - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2023
Obuna bo‘lish
Ta’mirlash ishlari sababli Mirobod tumanida soat 10:00 dan 18:00 ga qadar bir nechta iste’molchilar gaz ta’minotidan vaqtinchalik uziladi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Bugun Toshkentning ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi, deya xabar berdi "Hududgaz Poytaxt" gaz ta’minoti filiali.
Ta’mirlash ishlari sababli Mirobod tumanida soat 10:00 dan 18:00 ga qadar bir nechta iste’molchilar gaz ta’minotidan vaqtinchalik uziladi.
Aholi iste’molchilari:
Turkiston ko‘chasi 8,10,12;
T.Shevchenko ko‘chasi 31,64 va Gabus uylar;
Afrosiyob ko‘chasi 10,11,53,54,58,57,61;
Nukus ko‘chasi 25;
Oybek ko‘chasi 50;
Lohutiy ko‘chasi 23;
A.Temur ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 1 100 ta aholi xonadonlari.
Ulgurji iste’molchilari:
Farm zavod;
Toshkent shahar IIB madaniyat saroyi, oshxonasi va avtokorxonasi;
"Landish – Vstrecha" oshxonalari;
Respublika klinik shifoxonasi;
Fodorovich shifoxonasi;
Vestminister universiteti;
Temir yo‘llar boshqarmasi;
Hududiy elektr tarmoqlari boshqarmasi;
Avtotest;
"Rasul servis";
"Nomdor" kafesi;
Senat binosi;
"Sharq" nashriyoti;
Turkmaniston elchixonasi;
FISh, "GRED Blissing" tashkiloti;
60-sonli umumta’lim maktabi.
Qayd etilishicha, tumanning Yakub Kolas ko‘chasidan o‘tgan yer osti d-426mm gaz quvuridagi mukammal ta’mirlash ishlari yakuniga yetgan. Shu munosabat bilan harakatdagi gaz quvuriga qayta ulash hamda shu gaz quvuridagi gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish ishlari olib boriladi.
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Yangiliklar lentasi
0