Shoygu Afg‘onistonga qo‘shni respublikalarda terrorchi guruhlar faollashganini ta’kidladi

© Press-slujba Minoboroni RF / Mediabankka o‘tishMinistr oboroni RF S. Shoygu. Arxivnoe foto
Ministr oboroni RF S. Shoygu. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya mudofaa vaziri so‘zlariga ko‘ra, IShID*, “Al-Qoida”*, “O‘zbekiston islom harakati”* va “Sharqiy Turkiston islom harakati”* kabi turli xalqaro terrorchi tashkilotlari guruhlarining kirish ehtimoli ortmoqda.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Afg‘oniston hududida o‘rnashib olgan radikal ekstremistik guruhlar qo‘shni respublikalarda xatti-harakatlarini faollashtirishdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.

“Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyat yanada keskinlashishiga dastlabki shart-sharoitlar bor. Boz ustiga asosiy tahdid qo‘shni respublikalarda o‘z g‘oyalarini ilgari surish bo‘yicha xatti-harakatlarni faollashtirgan Afg‘oniston hududida mustahkamlanib olgan ko‘plab radikal ekstremistik guruhlardan kelmoqda”, - dedi Shoygu Nyu-Dehlidagi ShHTga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari yig‘ilishida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, IShID*, “Al-Qoida”*, “O‘zbekiston islom harakati”* va “Sharqiy Turkiston islom harakati”* kabi turli xalqaro terrorchi tashkilotlari guruhlarining kirish ehtimoli ortmoqda.
“Bu bizdan terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha aniq muvofiqlik va sa’y-harakatlarni kuchaytirish, mintaqadagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun chora tadbir ishlab chiqishni talab etadi”, - dedi Rossiya mudofaa vaziri.
Shoygu Afg‘onistonga kompleks xalqaro va mintaqaviy yordam ko‘magisiz bu chaqiriqlarga qarshi bir o‘zi kurashishi mushkil bo‘lishini qayd etdi.
* Rossiya, O‘zbekiston va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchi tashkilotlar
Yangiliklar lentasi
0