Rossiya Yevropaga yetkazilayotgan neftning 60 foizdan ziyodini Osiyoga yo‘naltiradi

© Sputnik / Vitaly Timkiv / Mediabankka o‘tishSisterni dlya nefteproduktov
Sisterni dlya nefteproduktov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2023
Obuna bo‘lish
Novak: Rossiya shu yilning o‘zida 140 million tonna neft eksportini Yevropadan Osiyoga yo‘naltiradi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Rossiya shu yilning o‘zida avval Yevropaga to‘g‘ri kelgan 220 mln tonna neft va neft mahsulotlari eksportining 140 million tonnasini Osiyoga yo‘naltiradi. Bu haqda Rossiya bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

"Bu yil 140 million tonna neft va neft mahsulotlari ketadi. 80-90 million tonnaga yaqini G‘arbda qoladi", - dedi u.

O‘tgan yilda Yevropa bozorlariga yo‘naltirilgan hajmning 40 million tonnaga yaqini Sharqqa yo‘naltirilgan.
Shunday qilib, bu yil Rossiya ilgari Yevropa hissasiga to‘g‘ri keladigan neft va neft mahsulotlari eksportining 60% dan ortig‘ini Osiyoga yo‘naltirishni rejalashtirmoqda.
Fevral oyida bosh vazir o‘rinbosari 2022-yilda Rossiyadan neft eksporti 242 million tonnaga yetganini ma’lum qilgan, bu 7,6 foizga o‘sgan.
Federal bojxona xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, eksportchilar mineral yoqilg‘i, neft va distillash mahsulotlari eksportini pul ko‘rinishida 2021-yilga nisbatan 42,8 foizga oshirib, 383,7 milliard dollarga yetkazdi.
Shu bilan birga, joriy yilning birinchi choragida budjetning neft va gaz daromadlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 45 foizga kamaydi, Moliya vazirligining ta’kidlashicha, bu "birinchi navbatda "Urals" neft narxining pasayishi va tabiiy gaz eksportining pasayishi bilan bog‘liq".
Departament "Urals" uchun "narx chegirmalarining bosqichma-bosqich pasayishi" va 2023-yilning ikkinchi yarmida soliq tushumlarining tiklanishini kutmoqda.

Mavzuga oid:

O‘zbekiston “Gazprom neft” bilan 300 ming tonna neft yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Mirzamahmudov Moskvada neft va AES istiqbollarini muhokama qildi
CCTV: Germaniya iqtisodiyoti Rossiya nefti importi taqiqidan zarar ko‘rdi
Yangiliklar lentasi
0