https://oz.sputniknews.uz/20230428/reshetnikov-ozbekiston-iqtisodiyot-osish-suratlari-34378524.html
Reshetnikov O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sish sur’atlariga yuqori baho berdi
Reshetnikov O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sish sur’atlariga yuqori baho berdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Markaziy Osiyoning eng muhim o‘sish lokomotivlaridan biri va Rossiya uchun muhim hamkordir. Bu haqda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi chog‘ida ma’lum qildi.
2023-04-28T12:52+0500
2023-04-28T12:52+0500
2023-04-28T12:52+0500
iqtisod
o‘zbekiston - rossiya
toshkent xalqaro investitsiya forumi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34377813_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_ff9902e3c9a28158780017649f399821.jpg
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy Osiyoning eng muhim o‘sish lokomotivlaridan biri va Rossiya uchun muhim hamkordir. Bu haqda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi chog‘ida ma’lum qildi.Reshetnikov forum doirasida “MDH mamlakatlari iqtisodiy hamkorligining chuqurlashishi istiqbollari” panel sessiyada nutq so‘zladi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.Shuningdek, sessiyada O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, Ozarbayjon iqtisod vaziri o‘rinbosari Rovnag Abdullayev, Qirg‘iziston prezidenti huzuridagi Investitsiyalar bo‘yicha milliy agentlik direktori Umbriel Temiraliyev va boshqa ekspertlar ishtirok etishdi.Vazir Rossiya O‘zbekistonning asosiy investitsiya sherigi ekanini eslatdi. Respublikada hozir Rossiya kapitali ishtirokida uch mingga yaqin kompaniya faoliyat yuritmoqda.“Shu 3000 ta kompaniyadan 700 tasi o‘tgan yili tashkil etildi. Ya’ni biz bunday kuchli o‘sishni sezapmiz”, - dedi Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri.Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi ham o‘sib bormoqda. So‘nggi bir necha yil mobaynida yiliga o‘rtacha 20 foizga oshib bormoqda.Reshetnikov ikki davlat sherikchiligida mehnat migrantlari katta rol o‘ynashlarini ta’kidladi. Reshetnikovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada hozir kadrlar yetishmasligi kuzatilyapti.Munozaralar davomida ishtirokchilar MDH mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik salohiyati, transport infratuzilmasini rivojlantirish ishlarini kuchaytirish, o‘zaro savdo va investitsiya darajasini oshirish, savdo yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish hamda tajriba va texnologiya bilan o‘zaro almashish masalalarini muhokama qilishdi.27 aprel kuni O‘zbekiston poytaxtida ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi. Tadbirda 70 ta mamlakatdan kelgan 2,5 mingga yaqin ishbilarmon doiralar va bank-moliya sohasi vakillari ishtirok etmoqda. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev forumning yalpi majlisida nutq so‘zladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34377813_211:0:2940:2047_1920x0_80_0_0_05573e10f159003fcdb1c667c144aa18.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston rossiya hamkorlik iqtisodiyot maksim reshetnikov markaziy osiyo toshkent xalqaro investitsiya forumi
o‘zbekiston rossiya hamkorlik iqtisodiyot maksim reshetnikov markaziy osiyo toshkent xalqaro investitsiya forumi
Reshetnikov O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sish sur’atlariga yuqori baho berdi
Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida nutq so‘zladi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy Osiyoning eng muhim o‘sish lokomotivlaridan biri va Rossiya uchun muhim hamkordir. Bu haqda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi chog‘ida ma’lum qildi.
Reshetnikov forum doirasida “MDH mamlakatlari iqtisodiy hamkorligining chuqurlashishi istiqbollari” panel sessiyada nutq so‘zladi, deb xabar bermoqda
Sputnik muxbiri.
Shuningdek, sessiyada O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, Ozarbayjon iqtisod vaziri o‘rinbosari Rovnag Abdullayev, Qirg‘iziston prezidenti huzuridagi Investitsiyalar bo‘yicha milliy agentlik direktori Umbriel Temiraliyev va boshqa ekspertlar ishtirok etishdi.
“O‘zbekiston – Markaziy Osiyo o‘sishining asosiy lokomotivlaridan biri. So‘nggi yigirma yil ichida O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari o‘sishning o‘rtacha sur’atlaridan deyarli 2,5 baravarga oshdi. Bu yerda kuchli istiqbollarimiz bor va Rossiya Federatsiyasi uchun Markaziy Osiyo – bu iqtisodiyot o‘sishi nuqtalaridan biri”, - deya ta’kidladi Reshetnikov.
Vazir Rossiya O‘zbekistonning asosiy investitsiya sherigi ekanini eslatdi. Respublikada hozir Rossiya kapitali ishtirokida uch mingga yaqin kompaniya faoliyat yuritmoqda.
“Shu 3000 ta kompaniyadan 700 tasi o‘tgan yili tashkil etildi. Ya’ni biz bunday kuchli o‘sishni sezapmiz”, - dedi Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi ham o‘sib bormoqda. So‘nggi bir necha yil mobaynida yiliga o‘rtacha 20 foizga oshib bormoqda.
Reshetnikov ikki davlat sherikchiligida mehnat migrantlari katta rol o‘ynashlarini ta’kidladi. Reshetnikovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada hozir kadrlar yetishmasligi kuzatilyapti.
“Biz bizga kelayotgan O‘zbekiston aholisi hissasini juda qadrlaymiz. So‘nggi 7-yil ichida Rossiyaga ishlashga kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni 4 baravarga ko‘paydi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, Rossiyadan O‘zbekistonga pul jo‘natmalari summasi 14,5 milliard dollarni tashkil etdi, ya’ni bu O‘zbekiston YaIM 18 foizi”, - dedi u.
Munozaralar davomida ishtirokchilar MDH mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik salohiyati, transport infratuzilmasini rivojlantirish ishlarini kuchaytirish, o‘zaro savdo va investitsiya darajasini oshirish, savdo yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish hamda tajriba va texnologiya bilan o‘zaro almashish masalalarini muhokama qilishdi.
27 aprel kuni O‘zbekiston poytaxtida ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi. Tadbirda 70 ta mamlakatdan kelgan 2,5 mingga yaqin ishbilarmon doiralar va bank-moliya sohasi vakillari ishtirok etmoqda. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev forumning yalpi majlisida nutq so‘zladi.