O‘zbekiston va Qozog‘iston atrof-muhitni muhofaza qilishda hamkorlik qiladi

© Ministerstvo prirodnix resursov Respubliki UzbekistanDostignuto soglashenie s Kazaxstanom ob oxrane okrujayushey sredi
Dostignuto soglashenie s Kazaxstanom ob oxrane okrujayushey sredi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Qozog‘iston atrof-muhitni muhofaza qilishda hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirish borasida kelishuvlarga erishdi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. O‘zbekiston Qozog‘iston bilan atrof-muhitni muhofaza qilishga doir kelishuvga erishdi, deya xabar berdi Tabiat resurslari vazirligi.
Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov va Qozog‘iston ekologiya va tabiat resurslari vaziri Zulfiya Suleymenova o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
© Ministerstvo prirodnix resursov Respubliki UzbekistanDostignuto soglashenie s Kazaxstanom ob oxrane okrujayushey sredi
Dostignuto soglashenie s Kazaxstanom ob oxrane okrujayushey sredi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2023
Dostignuto soglashenie s Kazaxstanom ob oxrane okrujayushey sredi
Qayd etilishicha, ikki davlat hukumatlari o‘rtasida 2022-yil dekabrida atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan bitim imzolangan. Muzokaralar davomida ana shu bitim doirasida turli yo‘nalishlarda hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirish borasida kelishuvlarga erishildi.

"Atrof-muhitni muhofaza qilish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham bu boradagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va tizimli davom ettirish lozim", - dedi Abduhakimov.

Tomonlar ekologik monitoring, bioxilma-xillik va tabiiy hududlarni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish, kadrlar salohiyatini oshirish hamda ilmiy-texnik sohalardagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
Uchrashuv yakunida Qozog‘iston O‘zbekistonning cho‘llanish bo‘yicha global tadbir (UNCCD CRIC-21), shu yilning kuzida Samarqandda bo‘ladigan Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir Konvensiyasining 14-Tomonlar konferensiyasi (CMS COP-14) va Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasiga taklif qilindi.
Yangiliklar lentasi
0