Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 28-aprelning asosiy voqealari

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishAviatsionnie bombi na aerodrome bazirovaniya istrebiteley VKS Rossii, zadeystvovannix v spetsialnoy voyennoy operatsii.
Aviatsionnie bombi na aerodrome bazirovaniya istrebiteley VKS Rossii, zadeystvovannix v spetsialnoy voyennoy operatsii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2023
Obuna bo‘lish
Ukraina qurolli kuchlarining "qarshi hujumi" hozircha amalga oshgani yo‘q. Rossiya uzoq masofadan turib ani zarbalar bilan UQK zahiralarini yo‘q qilmoqda. Maxsus operatsiya belgilangan rejalarga muvofiq davom etmoqda.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.
Rossiya Mudofaa vazirligi hisoboti:
O‘tgan tunda Rossiya Aerokosmik kuchlari UQKning zaxira bo‘linmalarini vaqtincha joylashtirish nuqtalariga havodan uzoq masofali aniq nishonga oluvchi qurollar bilan raketa zarbasini berdi. Natijada barcha nishonga olingan obyektlarga zarba berildi, belgilangan maqsadga erishildi. Dushman zaxira kuchlarining janglar hududiga harakati to‘xtatildi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Dvurechnaya, Timkovka, Kraxmalnoe, Tabayevka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli Kuchlarining 75 nafar harbiy xizmatchisi, ikkita zirhli jangovar texnikasi, D-20 gaubitsasini yo‘q qildi.
Xarkov viloyatining Sinkovka va Kislovka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning ikkita qo‘poruvchi-razvedka guruhining harakatlari to‘xtatildi.
Xarkov viloyatining Sinelnikovo qishlog‘i yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining 127-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi zarbalari DXRning Terniy va LXRning Chervonaya Dibrova aholi punktlari hududlarida dushmanning 85 nafar harbiy xizmatchilari, ikkita avtomashinasi, "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya majmuasi va bitta D-30 gaubitsasini yo‘q qildi.
Donetsk yo‘nalishida hujum otradlari Artemovsk shahrining g‘arbiy qismida UQK bo‘linmalari va xorijiy yollanma askarlarni yo‘q qilishni davom ettirdi. Havo-desant qo‘shinlari "Janub" qo‘shinlar guruhi ularni qanotlardan himoya qilib, dushmanning Artemovskka qo‘shimcha zaxiralarni olib kirishga urinishlarini to‘xtatib turdi.
Artyomovsk atrofida "Janub" qo‘shinlar guruhi DXRning Bogdanovka, Chasov Yar, Nikolayevka, Krasnoe va Predtexino aholi punktlari hududlarida 300 nafargacha ukrainalik harbiylar va yollanma askarlarni, uchta BMP, to‘rtta zirhli jangovar mashinasi, sakkizta boshqa texnika, D-30 gaubitsasi yo‘q qildi.
O‘tgan kun davomida ushbu hududda aviatsiya oltita parvoz amalga oshirdi, artilleriya 52 ta o‘t ochish nuqtlarini bostirdi.
Raketa qo‘shinlari Artemovsk shahridagi Ukraina mudofaa qo‘shma qarorgohiga, shuningdek, Donetsk Xalq Respublikasining Konstantinovka aholi punkti hududidagi “Chet el legioni” deb nomlangan bo‘linmalarga zarba berdi.
DXRning Bondarnoe qishlog‘i hududida AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-50 fhnbkkthbzuf qarshi radarı yo‘q qilindi.
Janubiy Donetsk va Zaporoje yo‘nalishlarida "Sharq" qo‘shinlar guruhi Doneskning Vodanoe, Pavlovka, Novopol, Zaporoje viloyatining Charivnoe aholi punktlari hududlarida dushmanning 40 tagacha harbiy xizmatchisi, ikkita mashinasi, Msta-B va D-30 gaubitsakfhb yo‘q qilindi.
Shuningdek, Zaporoje viloyatining Marfopol viloyatida Ukraina qo‘poruvchilik va razvedka guruhining harakatlari to‘xtatildi.
Xerson yo‘nalishida Ukraina Qurolli Kuchlarining 65 nafar harbiy xizmatchisi, uchta mashinasi, "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya moslamasi va D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi Ukraina Qurolli Kuchlarining 86 ta pozitsiyalarda joylashgan 112ta artilleriya bo‘linmalariga zarba berdi.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyotlari Donetsk Xalq Respublikasining Drobyshevo qishlog‘i yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining Mi-8 vertolotini urib tushirdi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari o‘tgan sutkada sakkizta HIMARS va "Uragan" tizimlari raketasini tutib oldi. Bundan tashqari, Xarkov viloyatining Berestovoe, Donetsk Xalq Respublikasining Kirillovka, Kremenets, Novoandreevka, shuningdek, Zaporoje viloyatidagi Peremojne aholi punktlari hududlarida Ukrainaning beshta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon Ukrainaning jami 413 ta samolyot, 229 ta vertolot, 3887 ta uchuvchisiz uchish apparati, 421 ta zenit-raketa majmuasi, 8887 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalari, 1095 ta ko‘p raketa tizimlarining jangovar texnikasi, 4679 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari yo‘q qilindi
Yangiliklar lentasi
0