Lazizjon Mullojonov pobedil kolumbiysa Marlo Xartado v pervom boyu ChM. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2023
Boks bo‘yicha jahon chempionati — 2023
Toshkentda 30-aprel - 14-may kunlari ilk bor Boks bo‘yicha erkaklar orasida Jahon Chempionati bo‘lib o‘tadi.

JChning O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi ma’suliyatni ikki baravar oshiradi — Jalolov

© InstagramBaxodir Jalolov
Baxodir Jalolov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2023
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
O‘zbekistonning eng istiqbolli yosh bokschilari kim, jahon chempionatiga kim eng yaxshi formada yetib kelgan - Bahodir Jalolov bilan suhbat.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Boks bo‘yicha jahon chempionati oldidan Sputnik muxbiri og‘ir vaznda Olimpiya chempioni Bahodir Jalolov bilan suhbatlashdi.
— Jahon chempionatining O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgani sizning ishtirokingizni osnlashtiradimi yoki aksincha?
— Jahon chempionati O‘zbekistonda bo‘lishi bizga ikki baravar mas’uliyat yuklaydi. O‘zimizning muxlislar va yaqinlar oldida hayajon yana ham kuchayadi. O‘z uyingizda musobaqaga chiqish yaxshi, lekin o‘ziga yarasha yuki og‘ir, buni tan olaman.
— Sizningcha, o‘zbekistonlik bokschilar Jahon chempionatiga qanday formada yetib kelishdi?
— Terma jamoamizdagi hamma yigitlar yaxshi formada, -51 kg da Hasanboy Do‘smatov, -71 kgda Saidjamshid Jafarovni imkoniyatlari ancha keng. Har bitta vazn toifasida kuchli bokschilarimiz bor, butun dunyodan ham eng kuchlilar kelyapti.
Yosh bokschilar orasida eng istiqbolli familiyalar kim deb o‘ylaysiz?
— Yosh bokschilardan Abdumalik Xalakov, Saidjamshid Jafarov, Ruslan Abdullayev, Lazizbek Mullajonov, Javohir Ummataliyevni istiqbolli, o‘z uslubiga ega chiqayotgan sportchilardan deb bilaman.
Ma’lumot uchun, Toshkentda 1-14 may kunlari bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekistondan 13 nafar bokschi ishtirok etadi. Bahodir Jalolov +92 kg vazn toifasida ringga ko‘tariladi. Jalolov — 2 karra jahon chempioni (2015, 2019), 4 karra Osiyo chempioni, Jahon kubogi sohibi (2015), Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni, dunyoning TOP-45 reytingiga og‘ir vaznli boksorlar qatoriga kirgan sportchi.
Molodejnaya sbornaya Uzbekistana po boksu  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2023
Boks bo‘yicha jahon chempionati — 2023
Boks bo‘yicha JChda O‘zbekiston sharafini kimlar himoya qilishi ma’lum bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0