Yaponiyadan Xitoyga tegishli deb taxmin qilinayotgan raketa parchalari topildi

© AFP 2023 / Mandel NGANFlag Yaponii
Flag Yaponii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2023
Obuna bo‘lish
Yaponiyaning Okinoerabu oroli qirg‘oqlarida Xitoy kosmik raketasining ehtimoliy parchasi topildi.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Katta ehtimollik bilan Xitoy kosmik raketasiga tegishli bo‘lgan parcha Yaponiyaning Kagosima prefekturasidagi Okinoerabu oroli qirg‘og‘idan topildi. Bu haqda RIA Novosti NHK telekanaliga tayanib xabar berdi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, topilma haqidagi xabar 20-aprel kuni mahalliy aholidan kelgan, biroq bu haqda endi ma’lum qilindi.
Parchaning o‘lcham uzunligi taxminan uch metr va kengligi ikki metrga teng. Sirti oq rangga bo‘yalgan va qizil fonda sariq yulduzlar naqshlari bilan bezatilgan. Bundan tashqari, fragmentda xitoycha iyeroglifda yozilgan "ventilyatsiya teshigi" iborasini ko‘rish mumkin.
Telekanalga intervyu bergan mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, qirg‘oqqa kelib qolgan parcha raketaning tepa qismida joylashgan qalpoqning bir qismidir.
Xitoy kosmik fan va texnologiya korporatsiyasi 16-aprel kuni mahalliy vaqt bilan 09:36 da Xitoy shimoli-g‘arbidagi Gansu provinsiyasidagi Szutsuan kosmodromidan “Chanchjen-4B" raketa tashuvchisi yordamida Fengyun-3 meteorologik sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli uchirgani haqida ma’lum qilgandi.
O‘z navbatida, Xitoyning dengiz xavfsizligi ma’muriyati shu kuni ertalab Tayvan oroli shimolida Sharqiy Xitoy dengiziga raketa parchalari tushishi mumkinligi haqida xabar tarqatgan.
Qayd etilishicha, 16-aprel kuni soat 09.00 dan 15.00 gacha ushbu hududga kirish taqiqlangan.
Okinoerabu oroli Tinch okeanidagi Nansey arxipelagining Amami orollari tarkibiga kiradi. Oroldan TayvanTaybey poytaxtigacha bo‘lgan masofa taxminan 500 kilometrni tashkil qiladi.
Yangiliklar lentasi
0