Turkiyada AES qurilishiga na pandemiya, na tashqi siyosiy bosim ta’sir qildi — Lixachov

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSeremoniya po sluchayu dostavki yadernogo topliva na AES "Akkuyu"
Seremoniya po sluchayu dostavki yadernogo topliva na AES Akkuyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2023
Obuna bo‘lish
Yadroviy yoqilg‘i olib kelinishi bilan “Akkuyu” AES yadroviy obyekt, Turkiya esa — tinch atom texnologiyasiga ega bo‘lgan davlat maqomini oldi.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Turkiyada Rossiya AES qurilishiga na pandemiya, na tashqi siyosiy bosim ta’sir qildi, dedi "Rosatom" rahbari Aleksey Lixachov bugun bo‘lib o‘tgan Turkiyaga ilk yadroviy yoqilg‘i yetkazib berish marosimida.
"Bu Rossiya va Turkiya atom energetikasi uchun eng muhim sana. Yadroviy yoqilg‘i olib kelinishi bilan “Akkuyu” AESi yadroviy obyektga aylandi, Turkiya esa tinch atom texnologiyasiga ega bo‘lgan davlat maqomini oldi.

Bu kunga yetish oson bo‘lmadi, lekin biz bunga tirishqoqlik bilan intildik. Turkiyada Rossiya AES qurilishiga na pandemiya, na tashqi siyosiy bosim ta’sir qildi. Albatta, bunda bizning davlatlarimiz rahbarlarining hissasi ulkan bo‘ldi. Ular bizga har qadamda paydo bo‘layotgan muammolarni hal qilishda yordam berishdi.

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSeremoniya po sluchayu dostavki yadernogo topliva na AES "Akkuyu"
Seremoniya po sluchayu dostavki yadernogo topliva na AES Akkuyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2023
Seremoniya po sluchayu dostavki yadernogo topliva na AES "Akkuyu"
AES tayyorligi haqida qisqacha hisobot beraman:
Birinchi blok yuqori tayyorlik darajasida, u yerda hozir uskunalar o‘rnatilmoqda;
Ikkinchi blokda allaqachon reaktor korpusi o‘rnatilmoqda,
Uchinchi blokda eritmasni taqsimlash uskunasi o‘rnatilmoqda
To‘rtinchi blokda reaktor binosi fundamentini temirlash (armirovanie) jarayoni ketmoqda.
Shuningdek, AESning eng muhim uskunasi, kam oborotli turbinani o‘rnatish ishlari ham olib borilmoqda.

Turkiyadagi birinchi AESning qurilishi haqiqatdan ham qo‘shma loyihaga aylandi. Undan 400 dan ortiq Turkiya kompaniyalari ishtirok etmoqda. Turkiyada o‘z atom sanoat klasteri paydo bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. Biz bu yerda jamlagan imkoniyatlar kelajakda boshqa AESlar va hatto xalqaro maydonda ham qo‘llashga imkon beradi.

“Rosatom” faqat AES qurish bilangina cheklanib qolmay, uning atrofini rivojlantirishda ham ishtirok etadi. Ayni damda biz Mersinda atom shaharchasi qurmoqdamiz. U yerda yangi turar joylar, maktablar va bog‘chalar hamda mehmonxonalar paydo bo‘ladi. Bu mahalliy biznesni jalb etish va shaharni yanada rivojlantirishga imkon beradi.
© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishSeremoniya po sluchayu dostavki yadernogo topliva na AES "Akkuyu"
Seremoniya po sluchayu dostavki yadernogo topliva na AES Akkuyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2023
Seremoniya po sluchayu dostavki yadernogo topliva na AES "Akkuyu"
Bo‘lajak AES uchun mutaxassislar tayyorlash jarayoni ham qizg‘in ketmoqda. Allaqachon 300 ga yaqin bo‘lajak AES mutaxassislari Rossiya OTMlarida ta’lim oldilar, amaliyot o‘tdilar va loyiha jamoasiga qo‘shildilar. Ta’lim kvotalari kelgusi o‘quv-yillariga ham ajratiladi.

Biz Turkiyada qurayotgan AESning ishlash davomiyligi – kamida 100-yilni tashkil qiladi. Demak, "Akkuyu" AES Turkiya Respublikasining 200-yillik yubileyining ham guvohi bo‘lish imkoniyatiga ega. Ishonchim komilki, "Akkuyu" AES Turkiya fuqarolarining bir necha avlodini ekologik toza va xavfsiz energiya bilan ta’minlaydi.

Bu yil Turkiya qismatiga og‘ir sinovlar tushdi, lekin ishonch bilan aytamanki, biz qayg‘uda ham xursandchilikda ham siz bilan birga bo‘lamiz.
Prezidentlarimizga yana bir bor minnatdorlik bildiraman. Katta rahmat”, — deb so‘zini yakunladi “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachov.
Turkiya birinchi AESga yadroviy yoqilg‘i yetkazib berish marosimida, shuningdek, Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi, Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Fatih Do‘nmez ishtirok etishdi.
© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSeremoniya po sluchayu dostavki yadernogo topliva na AES "Akkuyu"
Seremoniya po sluchayu dostavki yadernogo topliva na AES Akkuyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2023
Seremoniya po sluchayu dostavki yadernogo topliva na AES "Akkuyu"
Ma’lumot uchun, Turkiyada "Akkuyu" AES qurish to‘g‘risidagi ilk kelishuv 2010-yilda imzolangan edi. Bir necha yil davom etgan loyihalash ishlaridan so‘ng AES qurilishi 2018-yilda boshlandi. "Akkuyu" AES to‘rtta VVER-1200 rusumli energoblokdan iborat bo‘lib, u Turkiyaning 10 % energiya ehtiyojini qoplaydi. AESning birinchi blokini 2024-yilda ishga tushirish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0