Toshkentda yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionati boshlanmoqda

© Natsionalniy Olimpiyskiy KomitetSegodnya dan start ChA po logkoy atletike
Segodnya dan start ChA po logkoy atletike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2023
Obuna bo‘lish
Osiyoning 40 ta davlatidan 500 nafardan ziyod sportchi ishtirokida bo‘lib o‘tadigan musobaqa 30-aprelga qadar davom etadi.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Bugun Toshkentda yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Poytaxtdagi O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining stadionida ushbu sport turi bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida qit’a birinchiligiga start berildi.
Musobaqa 30-aprelga qadar davom etadi. Unda Osiyoning 40 ta davlatidan 500 nafardan ziyod sportchi g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
Bugun 20:00 da musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0