Rossiya mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishda AQShdan o‘zib ketdi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishProizvodstvo kaliynix udobreniy v Volgogradskoy oblasti.
Proizvodstvo kaliynix udobreniy v Volgogradskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya so‘nggi o‘n yil mobaynida barcha turdagi o‘g‘itlarni ishlab chiqarishni 40 foizga ko‘paytirdi.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Rossiya mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishda AQShdan o‘zib ketdi. Bu haqda Rossiya o‘g‘it ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi prezidenti Andrey Guryev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“So‘nggi o‘n yil mobaynida biz barcha turdagi o‘g‘itlarni ishlab chiqarishni 40 foizga ko‘paytirdik – 55 million tonnagacha. Biz ishlab chiqarishda Qo‘shma Shtatlar, Hindistondan o‘zib ketdik va bugun Xitoydan keyin dunyodagi eng yirik mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchisi bo‘lamiz. Bu haqiqatdan katta yutuq”, - dedi Guryev.
Putin mineral o‘g‘it ishlab chiqaruvchilarga minnatdorchilik bildirdi va o‘tgan yili rekord darajada hosil olinganini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0