Mirziyoyev qo‘shni davlatlar iqtisodiyotlarining “bir-birini to‘ldirishi” tamoyili haqida gapirdi

© Sherzod AsadovShavkat Mirziyoyev vistupayet na plenarnom zasedanii vtorogo Tashkentskogo mejdunarodnogo investitsionnogo foruma
Shavkat Mirziyoyev vistupayet na plenarnom zasedanii vtorogo Tashkentskogo mejdunarodnogo investitsionnogo foruma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2023
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, Qirg‘iziston bilan hamkorlik natijasida so‘nggi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 5 barobar va qo‘shma korxonalar soni 8 barobar oshdi.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik siyosatini davom ettirib, iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shni davlatlar bilan faol ishlanayotganini ta’kidladi. Prezident bu borada ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida so‘z yuritdi.
Ta’kidlanishicha, ushbu maqsadlarda qo‘shma investitsiya fondlari tashkil qilinib, sanoat, energetika, transport va suv xo‘jaligi sohalarida yirik mintaqaviy loyihalar amalga oshirilmoqda.
Qo‘shni davlatlar iqtisodiyotlarining “bir-birini to‘ldirishi” tamoyili asosida sanoat va agro kooperatsiyalari qat’iy davom ettirilishi ta’kidlandi.
Qayd etilishicha, masalan, Qirg‘iziston bilan hamkorlik natijasida so‘nggi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 5 barobar va qo‘shma korxonalar soni 8 barobar oshdi. Xususan, to‘qimachilik, avtomobilsozlik, geologiya, kimyo sanoati, qishloq va suv xo‘jaligi, chorvachilik kabi yo‘nalishlarda birgalikda katta-katta loyihalar boshlandi.
Bularning barchasi 2021-yilda tashkil etilgan O‘zbekiston–Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilmoqda.
Shuningdek, “Qambarota GES-1” va “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihalari bo‘yicha ham ishlar jadal davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0