Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 27-aprelning asosiy xabarlari

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRazrushennie doma v Artyomovske.
Razrushennie doma v Artyomovske. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2023
Obuna bo‘lish
O‘tgan tunda Rossiya Ukraina dengiz piyodalari bo‘linmalari joylashgan bir necha obyektlarga uzoq masofaga yuqori aniqlikdagi raketalar yordamida zarba berildi. UQK rezervlarini jangovar harakatlar hududiga yetkazish to‘xtatildi.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi tomonidan olib borilayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi kun davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Rossiya Mudofaa vazirligi hisoboti:

Tungi zarba. O‘tgan tunda Ukraina Qurolli kuchlari dengiz piyodalarining bo‘linmalari joylashgan bir necha obyektlarga dengizdan turib uzoq masofaga uchuvchi yuqori aniqlikdagi raketalar yordamida zarba berildi. Nishonga olingan barcha obyektlar yakson qilindi, maqsadga erishildi. Ukraina Qurolli kuchlari rezervlarini jangovar harakatlar hududiga yetkazish to‘xtatildi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatidagi Dvurechnaya, Figolevka, Yagodnoe, Pershotravneve va Tabayevka aholi punktlari hududlarida UQKning 110 nafargacha harbiy xizmatchisi, ikkita zirhli jangovar mashinasi, uchta avtomashinasi, "Grad" reaktiv tizimi jangovar mashinasi yo‘q qilindi.
LXRning Novoselovskoe, Xarkov viloyatining Olshana va Kraxmalnoe aholi punktlari hududlarida to‘rtta Ukraina qo‘poruvchilik va razvedka guruhining harakatlari bostirildi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi artilleriyasi va aviatsiyasi DXRning Torskoe, Chervonopopovka va LXRning Chervonaya Dibrova aholi punktlari hududlarida UQKning 70 dan ortiq harbiy xizmatchilari, zirhli jangovar mashinasi, ikkita mashinasi, D-30 gaubitsasi va "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasini yo‘q qildi.
Donesk yo‘nalishi Artyomovskda hujumchi otradlar shaharning shimoli-g‘arbiy, g‘arbiy va janubi-g‘arbiy qismlarida to‘rtta kvartalni egallab oldi. Havo-desant kuchlari bo‘linmalari dushmanni shaharning shimoliy va janubiy chekkalarida ushlab turibdi va hujum otradlarining harakatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda.
"Janub" qo‘shinlar guruhining artilleriyasi Stupochki, Chasov Yar va Kalinin aholi punktlari hududlarida dushman bo‘linmalariga zarba berdi. Kun davomida aviatsiya ushbu hududda to‘rtta parvoz amalga oshirdi va artilleriya 59 ta o‘t ochish nuqtasini bostirdi.
Artyomovsk va uning atrofida kun davomida 400 dan ortiq Ukraina harbiylari va yollanma askarlar, ikkita BMP, oltita zirhli jangovar mashinasi, to‘rtta avtomobil, D-20 va D-30 gaubitsalari, shuningdek, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi yo‘q qilindi.
DXRning Novgorodskoe aholi punkti hududida AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-50 artilleriyaga qarshi radar yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Sharq" qo‘shinlar guruhi DXRning Ugledar, Nikolskoe va Novomixaylovka aholi punktlari hududlarida dushmanning 60 nafar harbiy xizmatchisi, BTRi, "Tor-M1" zenit-raketa majmuasining jangovar mashinasi, uchta avtomobili va AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimini yo‘q qildi.
DXRning Vodanoe aholi punkti va Uglesborochnaya temir yo‘l stansiyasi hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining 72-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar omborlari yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida artilleriya zarbasi natijasida 30 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, S-300 zenit-raketa majmuasining to‘rtta uchirish moslamasi, Germaniyada ishlab chiqarilgan bitta "Gepard" o‘ziyurar quroli, ikkita avtomobil, va kuniga ikkita D-gaubitsa yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiya, raketa kuchlari va artilleriyasi kun davomida UQKning 109ta pozitsiyada joylashgan 78 ta artilleriya bo‘linmasini mag‘lub etdi.
DXRning Avdeyevka va Serebranka, Xerson viloyatining Cherkesskoe aholi punktlari hududlarida Ukrainaning "Janub" maxsus operatsiyalar kuchlari bo‘linmalarining qo‘mondonlik va kuzatuv punktlari, 110-mexanizatsiyalashgan va 58-motoo‘qchilar brigadalari qo‘shinlariga zarba berildi.
Donesk Xalq Respublikasining Kamishevaxa aholi punkti hududida Ukrainaning ikkita havo nishonlarini aniqlash va kuzatish radar stansiyasi P-18 va ST-68 - yo‘q qilindi.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyoti Donesk Xalq Respublikasining Lipovka qishlog‘i yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining Su-24 samolyotini urib tushirdi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari kun davomida HIMARS (AQSh) ko‘p uchiruvchi raketa tizimining to‘rtta raketasini tutib oldi.
Bundan tashqari, Donesk Xalq Respublikasining Spornoe, Kirillovka, Vasilevka, Zaporojye viloyatining Lugovskoe, Novoe, Mayachka, Xarkov viloyatining Jovtneve, Xerson viloyatining Korsunka va Lugansk Xalq Respublikasining Kremennaya aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 21 ta uchuvchisiz uchish apparati urib tushirildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 413 ta samolyot, 228 ta vertolot, 3882 ta uchuvchisiz uchish apparati, 421 ta zenit-raketa majmuasi, 8878 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1095 ta ko‘p raketa tizimlariga oid jangovar texnika, 4671 ta maydon artilleriya qismlari va minomotlari, shuningdek, 9805 dona maxsus harbiy texnikasidan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0