Manturov Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-sotiq salohiyatiga baho berdi
© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishMinistr promishlennosti i torgovli RF Denis Manturov na plenarnoy sessii "Mejdunarodnie promishlennie proyekti v Sentralnoy Azii" v ramkax Mejdunarodnoy promishlennoy vistavki "Innoprom" v Tashkente.
© Sputnik / Valeriy Melnikov
/ Obuna bo‘lish
Manturovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni eksport va import imkoniyatlarini oshirishga tayyor.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari, sanoat va savdo vaziri Denis Manturov O‘zbekiston-Rossiya va Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining qo‘shma 7-yig‘ilishida ishtirok etdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi raisi Andrey Kuzayev va O‘zbekiston-Rossiya ishbilarmonlar kengashi raisi Davron Vahobov ham ishtirok etdi.
“Tovar ayirboshlash nuqtayi nazaridan, biz prezidentlarimiz oldiga qo‘ygan vazifalarni amalda bajardik. Bu yildagi 10 milliard dollarni nazarda tutapman. Bu ortig‘i bilan bajarilishi hozirdan ayon bo‘lib, hajmlarni oshirish vazifasi turibdi. Hozircha aniq ko‘rsatkich yo‘q, lekin ishonchim komilki, yaqin orada paydo bo‘ladi. Men 20 milliard darajasi erishib bo‘lmaydigan emasligini aytmoqchiman”, — dedi Denis Manturov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni eksport va import imkoniyatlarini oshirish, bir qator tartib-qoidalarni soddalashtirish ustida ishlash va qo‘shma loyihalar ishlab chiqishga tayyor.
“Men O‘zbekiston Respublikasi hukumati biznes va ishbilarmon doiralar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini aytmoqchiman. Birinchi navbatda, biznesni qulay qilish uchun. Ikkinchidan, transport, standartlar, sertifikatlashtirish haqida ko‘p savollarni eshitdim - biz takliflaringizni ham hukumatlararo komissiya darajasida ko‘rib chiqamiz”, — dedi Jamshid Xodjayev.
Uchrashuvda sanoat kooperatsiyasi masalalari, shuningdek, o‘zaro tovar ayirboshlashni rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi harakatlar muhokama qilindi.