"UzAirways" Indoneziyaga muntazam parvozlarni qayta tiklamoqda

© Press-slujba aviakompanii "Uzbekiston xavo uyllari"Boeing 787 Dreamliner aviakompanii "Uzbekiston xavo uyllari"
Boeing 787 Dreamliner aviakompanii Uzbekiston xavo uyllari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2023
Obuna bo‘lish
Parvozlar chorshanba kunlari "Boeing 787 Dreamliner" samolyotlarida amalga oshiriladi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Bugundan boshlab "Uzbekistan Airways" O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent-Jakarta-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar chorshanba kunlari "Boeing 787 Dreamliner" samolyotlarida amalga oshiriladi:
HY-541 Toshkent 09:00 - Jakarta 19:30;
HY-542 Jakarta 21:00 - Toshkent 03:30 (payshanba).
Shuningdek, Jakartadan Indoneziyaning Bali oroliga qulay tutashuv reyslari mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent – Jakarta yo‘nalishidagi reyslar pandemiya sabab uch yil oldin vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0