Turkiyadagi qutqaruv ishlarida qatnashgan o‘zbekistonlik harbiylar mukofotlandi

© Ministerstva oboroniOsobo otmecheni zaslugi voyennoslujashix Uzbekistana
Osobo otmecheni zaslugi voyennoslujashix Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2023
Obuna bo‘lish
Turkiyada sodir bo‘lgan zilzilalar oqibatini bartaraf etishda ishtirok etgan 100 ga yaqin turli davlat vakillariga Davlat Oliy fidokorlik medali va esdalik nishonlari topshirildi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Turkiyadagi qutqaruv ishlarida qatnashgan o‘zbekistonlik harbiylar mukofotlandi, deya xabar berdi Mudofaa vazirligi.
Turkiyada sodir bo‘lgan zilzilalar oqibatini bartaraf etishda ishtirok etgan 100 ga yaqin turli davlat vakillariga Davlat Oliy fidokorlik medali va esdalik nishonlari topshirildi.
Marosimda Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi harbiy attashesi Shuhrat Ikramov va Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili polkovnik Ismoil Sharipovga esdalik nishonlarini topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, 6-fevral kuni Turkiya hududida kuchli zilzilalar sodir bo‘lgan edi. Ushbu zilzilalar oqibatlarini bartaraf etish uchun dunyoning 100 ga yaqin davlatidan qutqaruvchi va ko‘ngillilar yuborilgan.
O‘zbekistondan Mudofaa vazirligining 71 nafar malakali harbiy xizmatchisidan iborat tibbiy otrad 24 kun davomida qutqaruv-qidiruv ishlarini olib borgan.
O‘zbekistonlik harbiylar shu vaqt ichida jami 4 ming 325 nafar bemorga tibbiy yordam ko‘rsatdi.
Yangiliklar lentasi
0