Tallinda "Bronza askar" zo‘ravonlik bilan ko‘chirilganiga 16-yil bo‘ldi - video

Obuna bo‘lish
Tarixiy sana: Tallinda sovet askarlari xotirasiga qo‘yilgan "Bronza askar" shahar chetidagi qabristonga ko‘chirilganiga 16-yil bo‘ldi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Tallindagi "Bronza askar" yodgorligi zo‘ravonlik bilan ko‘chirilganiga bugun 16-yil bo‘ldi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida shaharni nemis bosqinchilaridan ozod qilgan sovet askarlari xotirasiga qo‘yilgan ushbu yodgorlik ostida Tallin uchun janglarda qurbon bo‘lgan sovet askarlarining xoki ham ko‘milgan edi.
Bir guruh millatchilar ushbu yodgorlikni shahar markazidagi maydondan shahar chetida joylashgan qabristonga ko‘chirish g‘oyasini hukumat parlamentiga olib chiqishdi va u yerda tasdiqlatishdi.
Yodgorlik ko‘chirilishiga qarshi bo‘lgan tallinliklar bir necha kun davomida uning yonida navbatchilik qilishdi. Ana shunday tunlarning birida, 26-aprel soat 03:00 yuzlab politsiyachilar yodgorlikni o‘rab olishadi va uning atrofiga temir to‘siqlar o‘rnatishadi.
Uni ko‘chirilishiga qarshi bo‘lgan va namoyishga chiqqan aholi kaltaklanadi, 1200 qo‘lga olinadi. Keyinchalik ulardan 200 nafari hibsga olinadi va 50 nafariga qamoq jazosi beriladi. Bir nafar rossiyalik jurnalist Dmitriy Ganin qurbon bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0