Samarqanddagi Osiyo chempionatini o‘zbekistonlik sportchilar 7 ta medal bilan boshladi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaV Samarkande startoval ChA po greble na baydarkax i kanoe
V Samarkande startoval ChA po greble na baydarkax i kanoe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2023
Obuna bo‘lish
Osiyo chempionati 26-30 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Bugun Samarqandda eshkak eshish bo‘yicha U-20, U-23 yosh toifalari va parakanoe yo‘nalishlarida Osiyo chempionati boshlandi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Osiyo chempionatining birinchi kun kunduzgi dasturidan o‘rin olgan final bellashuvlarida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 4 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati:
U-20:
M (yigitlar) C2 (juftlik kanoe) 1000 m:
O‘zbekiston (Zarrux Rustamov, Azizbek Madulloyev) – 3:54.608;
Qozog‘iston – 4:01.265;
Tailand – 4:08.153.
W (qizlar) K1 (yakkalik baydarka) 1000 m:
Shahrizoda Mavlonova (O‘zbekiston) – 4:23.950;
Taranom Akbarzoda (Eron) – 4:27.165;
Veronika Trapeznikova (Qozog‘iston) – 4:32.880.
U-23:
W C1 500 m:
Dinara Jo‘rayeva (O‘zbekiston) – 2:17.496;
Mayede Shorgashti (Eron) – 2:20.756;
Kevalin Taxanram (Tailand) – 2:22.588.
W K2 500 m:
Eron – 1:48.485;
Tailand – 1:51.608;
O‘zbekiston (Kamila Malaxova, Dilshoda Abdurahmonova) – 1:53.430.
Parakanoe:
W KL3 500 m:
Shaxla Behruzirad (Eron) – 2:22.548;
Shahnoza Mirzayeva (O‘zbekiston) – 2:23.656;
Janil Boltaboyeva (Qozog‘iston) – 2:31.078.
M VL3 500 m:
Haytmurod Sherqo‘ziyev (O‘zbekiston) – 2:17.334;
To‘rabek Nazarqulov (O‘zbekiston) – 2:21.081;
Jai Dip (Hindiston) – 2:22.344.
Osiyo chempionati 26-30 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Eron, Iroq, Hindiston, Xitoy Taipeyi, Gonkong, Tailand, Indoneziya kabi mamlakatlardan 400 nafar sportchi ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0