https://oz.sputniknews.uz/20230426/ozbekiston-lada-34296537.html
O‘zbekistonda Lada avtomobiliga talab bo‘ladi — Jamshid Xodjayev
O‘zbekistonda Lada avtomobiliga talab bo‘ladi — Jamshid Xodjayev
Sputnik O‘zbekiston
Jamshid Xodjayev: Lada avtomobili narxi, sifati va hatto nostalgiya tufayli o‘z xaridorlarini topadi.
2023-04-26T16:22+0500
2023-04-26T16:22+0500
2023-04-26T17:01+0500
iqtisod
o‘zbekiston
rossiya
avtomobil
jamshid xodjayev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/15/20581364_364:0:3072:1523_1920x0_80_0_0_6c6d19211f70381dd20f35ba472e94c9.jpg
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekistonda Lada avtomobiliga talab bo‘ladi va u narxi, sifati va hatto nostalgiya tufayli o‘z xaridorlarini topadi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.O‘zbekistonda Lada avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishning aniq sanalarini Telegram-kanalimizda e’lon qilamiz. Kuzatib boring va obuna bo‘ling.O‘zbekistonda Lada avtomobilini qayta ishlab chiqarish yo‘lga ko‘yilishi rejalashtirilmoqda. Jamshid Xodjayevning jurnalistlarga bergan intervyusiga ko‘ra, mamlakatda mazkur avtomobillarga talab bo‘ladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonda avtomobil sanoatini rivojlantirish bo‘yicha katta rejalar bor.Avvalroq “AvtoVAZ” prezidenti Maksim Sokolov kompaniya O‘zbekistonda mahalliy ADM Jizzak zavodida avtomobil yig‘ishni qayta yo‘lga qo‘yish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi. Yig‘ishni qayta yo‘lga qo‘yish Lada Vesta NG modelidan boshlanadi.“AvtoVAZ” O‘zbekistonda yiliga 15 ming dona Lada Vesta NG ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Kelajakda u mamlakat bozorining 10 foizini egallashi va 30 ming dona Lada avtomobillarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/15/20581364_864:0:3072:1656_1920x0_80_0_0_380091e5186347067f454aa91efb136e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston rossiya avtomobil jamshid xodjayev
o‘zbekiston rossiya avtomobil jamshid xodjayev
O‘zbekistonda Lada avtomobiliga talab bo‘ladi — Jamshid Xodjayev
16:22 26.04.2023 (yangilandi: 17:01 26.04.2023) Jamshid Xodjayev: Lada avtomobili narxi, sifati va hatto nostalgiya tufayli o‘z xaridorlarini topadi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekistonda Lada avtomobiliga talab bo‘ladi va u narxi, sifati va hatto nostalgiya tufayli o‘z xaridorlarini topadi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev ma’lum qildi, deya xabar berdi
RIA Novosti. O‘zbekistonda Lada avtomobilini qayta ishlab chiqarish yo‘lga ko‘yilishi rejalashtirilmoqda. Jamshid Xodjayevning jurnalistlarga bergan intervyusiga ko‘ra, mamlakatda mazkur avtomobillarga talab bo‘ladi.
“Kompaniya Vesta avtomobillarini ishlab chiqarishni 15 000 tagacha oshirishni rejalashtirgan va biz buni mutlaqo qo‘llab-quvvatlaymiz. Shuni ta’kidlashni istardimki, ushbu mashina uchun ma’lum bir iste’molchilar toifasi mavjud. Turli sabablarga ko‘ra: qulaylik, sifat, narx, ehtimol nostalgiya bilan. Shuning uchun talab bo‘lishiga ishonaman”, - dedi Xodjayev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonda avtomobil sanoatini rivojlantirish bo‘yicha katta rejalar bor.
“Bu kompaniya ham marketing tadqiqotlari olib bordi, lekin biz uchun bu bozor, bu raqobat, bu yana bir avtomobil va bu sanoatni rivojlantirish bo‘yicha katta rejalarimiz bor, shuning uchun biz doimo "Xush kelibsiz" deymiz”, - deydi u.
Avvalroq “AvtoVAZ” prezidenti Maksim Sokolov kompaniya O‘zbekistonda mahalliy ADM Jizzak zavodida avtomobil yig‘ishni qayta yo‘lga qo‘yish niyatida ekanligini
ma’lum qilgandi. Yig‘ishni qayta yo‘lga qo‘yish Lada Vesta NG modelidan boshlanadi.
“AvtoVAZ” O‘zbekistonda yiliga 15 ming dona Lada Vesta NG ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Kelajakda u mamlakat bozorining 10 foizini egallashi va 30 ming dona Lada avtomobillarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.