Mejdunarodnaya promishlennaya vistavka Innoprom-2022. Sentralnaya Aziya - Sputnik O‘zbekiston, 1920
Innoprom — 2023
Toshkentda 24-26 aprel kunlari “Innoprom. Markaziy Osiyo” — uchinchi xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda turli mamlakatlarning 300 dan ortiq kompaniyalari ishtirok etmoqda. Uch davlat o‘z milliy stendlari bilan ishtirok etmoqda: O‘zbekiston, Rossiya va Belarus.

O‘zbekiston oltin qazib olishni yiliga 150 tonnaga yetkazmoqchi

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tishZoloto, arxivnoe foto
Zoloto, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston oltin, uran va ko‘mir qazib olishni oshiradi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekiston oltin qazib olishni yiliga 150 tonnaga yetkazish niyatida. Bu haqda tog‘-kon va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari Omonullo Nasriddinxo‘jayev ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Bugun Toshkentda o‘tayotgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida metallurgiya va tog‘-kon sanoati sohasida xalqaro hamkorlikning dolzarb vazifalariga bag‘ishlangan sessiya bo‘lib o‘tdi.
Unda Omonullo Nasriddinxo‘jayev mamlakatda oltin, uran va ko‘mir qazib olish istiqbollari haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston eng yirik oltin ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. Hozirda mamlakat 105 tonnaga yaqin metall ishlab chiqarmoqda.
Bundan tashqari, O‘zbekiston 2030-yilga borib uran qazib olish hajmini ikki barobarga, 3,6 ming tonnadan 7 ming tonnagacha oshirishni rejalashtirmoqda.
Nasrddinxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda bir necha yirik ko‘mir konlari mavjud, bu esa yiliga 5 million tonnaga yaqin yoqilg‘i ishlab chiqarish imkonini bermoqda.
“Biz ishlab chiqarish hajmini 10 million tonnaga yetkazishni, jumladan, mavjud konlarda ishlab chiqarish hajmini oshirish va xorijiy investorlarni jalb qilgan holda yangi konlarni ishlab chiqarishga jalb etishni rejalashtirganmiz”, — dedi u.
Yangiliklar lentasi
0