NATO dengiz dronlari Sevastopol tomon harakatlanmoqda: Rossiya qanday javob qaytaradi?

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishPribitie novogo storojevogo korablya "Admiral Grigorovich" v Sevastopol
Pribitie novogo storojevogo korablya Admiral Grigorovich v Sevastopol - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2023
Obuna bo‘lish
AQSh kelajakdagi “ko‘p domenli” mojarolarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Ukraina harbiy harakatlar teatridan foydalanmoqda – NATO razvedka, aloqa va navigatsiyalari bilan birlashtirilgan holda havoda va dengizda dronlardan jangovar foydalanish texnologiyalarini ishlab chiqmoqda.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. G‘arb va Rossiya o‘rtasidagi proksi-urushda Ukrainaning qo‘g‘irchoq Qurolli kuchlari faqat bahona va chiqim material sifatida xizmat qiladi.
24 aprelga o‘tar kechasi UQKning G‘arbda ishlab chiqarilgan uchta dengiz dronlari Sevastopolga kirishga urindi va Rossiya Qora dengiz floti kuchlari va vositalari tomonidan yo‘q qilindi. Streleskaya ko‘rfaziga “kamikadzelar” o‘ta olmadi. Kuchli portlashlardan odamlar va port obyektlari zarar ko‘rmadi (to‘rtta uy derazalari sinib ketdi).
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaning ekipajsiz tezsuzar texnikalari Odessa portidan “Qora dengiz tashabbusi”ni amalga oshirish uchun yuborilgan. Dengiz xujumchi kamikadze-dronlarini Ukrainadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini gumanitar eksport qilish uchun yaratilgan “don yo‘lagi” hududidan qaytarishdi. 2022-yil 29-oktabrda Qora dengiz floti kemalari va fuqarolik kemalariga qarshi xuddi shunday hujumdan so‘ng Rossiya Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chiqarishni to‘xtatdi. “Don yo‘lagi” Turkiya Respublikasining yozma xavfsizlik kafolatlaridan so‘ng ishlay boshlagan edi. Shubhasiz, endi kafolatlar yordam bermaydi.

Dengiz kamikadze-droni – radiolokatsion sezilarlikni kamaytirish uchun Stels texnologiyasi asosida yaratilgan avtonom tezsuzar kater bo‘lib, u soatiga 70 km dan ortiq tezlikda harakatlanadi. Bortda kuzatuv uskunalari, navigatsiya va katta miqdordagi portlovchi moddalar joylashtiriladi.

Sevastopol yaqinida hujumchi dronlar amaliyoti tomoshasi ikkinchi yil davom etmoqda, dengiz dronlarini asosiy ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar bo‘lgan amerikaliklar va britaniyaliklar sahna ortida yashirinishmoqda. Ukrainada bunday texnologiyalar yo‘q, UQK operatorlari britaniyalik mutaxassislar tomonidan o‘qitilmoqda. Odessa va Sevastopol orasidagi dengiz orqali masofa 300 km ni tashkil qiladi, Streleskaya tor ko‘rfazida tunda navigatsiya va yo‘nalishni belgilash qiyinligi haqida gapirmasa ham bo‘ladi (masofa - 420 metr). Aynan shu yerda Pentagon va NATO “ko‘rinish berdi”.
Harbiy razvedka bosh boshqarmasi rahbari Kirill Budanov avvalroq Ukraina eng yangi tarixdagi “muhim jangga” yaqinlashayotganini aytgan edi. U 1991-yilgi chegaralari ichida “yetarli miqdordagi hudud” ni – yaqinlashib kelayotgan qarshi hujum paytida kuch bilan qaytarishni va’da qildi. Pentagonning ukrainalik qo‘g‘irchoqlari an’anaviy tarzda o‘zlarining ayanchli holatlarini shov-shuvli teraktlar yoki “axborot urushi” (foydasiz demagogiya) bilan bezashga intilishadi.

Qaynoq reyd

Vashington rasmiylari AQSh Sevastopolga hujumda yordam bermagan va UQKni razvedka ma’lumotlari bilan ta’minlamagan – degan fikrni bildirishi shubhasiz. Biroq, Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi turli “qirg‘oq mudofaasi masalalarini” hal qilish uchun AQSh harbiy-dengiz kuchlari zaxiralaridan Ukrainaga tajribaviy suv usti dronlarini yuborish haqida 2022-yil aprel oyidayoq gapirgan edi. Bunday qurilmalar jiddiy ta’minlov tizimlari va mutaxassislarni talab qilishi aniq. Sevastopolning Streleskaya ko‘rfazidagi UQK ning dengiz dronlari qoldiqlari Rossiya rahbariyatiga to‘g‘ri va qat’iy qaror qabul qilish imkonini beradi. Bosqinchini qattiq jazolash – Rossiya aholisi va hududini ishonchli himoya qilishning zarur va talab qilinadigan shartidir. RF Qurolli Kuchlari Bosh qarorgohi keng ko‘lamli vositalar va imkoniyatlarga ega.

Rossiya harbiy-dengiz floti bazalarini himoya qilish xususiyatlari – bu eshelonlangan (ketma-ket joylashgan) bom to‘siqlar, akustik stansiyalar va qo‘poruvchilikka qarshi xizmatning kuzatuv postlari – dushmanga kemalariga obyektlarga yetib borish imkoniyatini deyarli qoldirmaydi.

Shuning uchun Ukraina harbiy harakatlar teatri – AQSh va NATO harbiy-sanoat kompleksining tajribaviy mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish uchun ideal (yuqori texnologiyali) poligondir. Amerika va Britaniyaning Qora dengiz hududida “begona bayroq” (UQK) ostida amalga oshirgan harbiy operatsiyalari katta ehtimollik bilan davom etadi.
AQSh Harbiy-dengiz kuchlari jangovar operatsiyalarda ko‘p domenli operatsiyalar mohiyatini amalga oshirishga e’tibor qaratgan holda (AQShning Yevropa ittifoqchilari bu borada ancha orqada) Sea Hunter yoki Remus kabi suv usti va suv osti robotli vositalarini rivojlantirishga faol yordam bermoqda. “Mahalliy” kemalarning texnik holati qoniqarsiz holatda, samolyot tashuvchi kemalarni ta’mirlash juda qimmatga tushadi. Amerikalik admirallar flotda samarali, arzon va deyarli bir martalik yuzlab o‘zi boshqariladigan kemalarga ega bo‘lishni orzu qiladi.
Yaqinda o‘tkazilgan Digital Horizon mashg‘ulotlari davomida AQSh harbiy-dengiz kuchlari akvatoriyadagi ma’lumotlarni tezda to‘plash va ularni qo‘mondonlik markazlariga uzatish uchun uchuvchisiz tizimlarning “uyalashgan tarmog‘i” ni joylashtirdi. Dronlar Amerikaning “boshqariladigan” mina tashuvchi eskadrasiuchun 100 dengiz millarida radar ko‘rmaydigan hududini yaratdi. Sun’iy intellektdan foydalanish bitta operatorga bir nechta avtonom asboblarni boshqarish imkonini berdi.
AQSh harbiy qo‘mondonligining yaqin o‘n yillar uchun rejalari dengiz bo‘yicha nazoratni kuchaytirishni o‘z ichiga oladi. Harbiy-dengiz kuchlari 2024-yil oxirigacha dronlarga 4,5 milliard dollar sarflamoqchi. Taxminan 140 tonna sig‘imga ega bo‘lgan eng mashhur Sea Hunter dron uch oy davomida sohilbo‘yi suvlarini kechayu kunduz kuzatishga qodir. 12 000 km gacha masofada va 3 000 metrgacha chuqurlikda navbatchilik qilish uchun mo‘ljallangan yirik suv osti dizel-elektr dron Orca ni ishlab chiqish tugallanmoqda (suv osti va suv usti kemalari ovchisi, radioelektron urush bo‘yicha mutaxassis va razvedkachi).
Shunga qaramay, kemalar soni bo‘yicha AQSh dengiz floti dunyoda atigi 4-o‘rinni egallaydi. Birinchi uchlikka Xitoy, Rossiya va Shimoliy Koreya kiradi va faqat shu uch davlat gipertovushli raketalar bilan qurollangan. AQSh va NATO ning Rossiya (Xitoy) bilan dengizda to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuv ehtimoli ortib bormoqda. Pentagon bu holatni ittifoqchilar (Finlyandiya, Shvetsiya, Avstraliya) koalitsiyasini kengaytirish, ya’ni javobgarlikni “hududlar bo‘ylab” taqsimlash orqali qoplashga intilmoqda. Bunday vaziyatda Rossiya harbiy-dengiz floti o‘zining dronlari va zarba berish salohiyatidan tortinmasligi kerak. Ehtimol, “Poseydon” turidagi avtonom uchuvchisiz texnikalarni “tajribadan o‘tkazish” maqsadida foydalanish kerakdir.
Yangiliklar lentasi
0