https://oz.sputniknews.uz/20230426/mirziyoev-putin-34294256.html
Mirziyoyev va Putin telefon suhbati tafsilotlari ma’lum qilindi
Mirziyoyev va Putin telefon suhbati tafsilotlari ma’lum qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Suhbat chog‘ida avtomobilsozlik, temir yo‘l transporti, farmatsevtika, kimyo sanoati va boshqa ustuvor tarmoqlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.
2023-04-26T15:43+0500
2023-04-26T15:43+0500
2023-04-26T15:53+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
vladimir putin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0a/27005144_239:234:1050:690_1920x0_80_0_0_3bac22fdf75fe935249a8312c531b37b.jpg
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati Shavkat Mirziyoyevning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti tafsilotlarini ma’lum qildi.Ta’kidlanishicha, muloqot chog‘ida amaliy hamkorlikni kengaytirish, savdo munosabatlari sur’atini ta’minlash va yetakchi korxonalarning kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi.Ikki mamlakat yetakchilari shu kunlarda o‘tayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasining samarali natijalarini katta mamnuniyat bilan qayd etishdi.Ushbu tadbirda 35 mamlakat biznesining 5 ming nafardan ziyod vakili ishtirok etmoqda.Suhbat chog‘ida avtomobilsozlik, temir yo‘l transporti, farmatsevtika, kimyo sanoati va boshqa ustuvor tarmoqlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.Sanoat ipotekasi, klasterlar, industrial rivojlanish jamg‘armasi kabi vositalarni rivojlantirish borasidagi ilg‘or tajribani o‘rganishdan manfaatdorlik bildirildi.Mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi.Muloqot yakunida Mirziyoyev Konstitutsiya bo‘yicha bo‘lajak referendumning Rossiya hududida o‘tkazilishiga ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun Rossiya prezidentiga samimiy minnatdorlik bildirdi.Eslatib o‘tamiz, sal oldinroq Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qilganini ma’lum qilgani xabar qilingan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0a/27005144_283:236:976:756_1920x0_80_0_0_a524b07652c87a8086902990ce52d462.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston rossiya vladimir putin shavkat mirziyoyev
o‘zbekiston rossiya vladimir putin shavkat mirziyoyev
Mirziyoyev va Putin telefon suhbati tafsilotlari ma’lum qilindi
15:43 26.04.2023 (yangilandi: 15:53 26.04.2023) Suhbat chog‘ida avtomobilsozlik, temir yo‘l transporti, farmatsevtika, kimyo sanoati va boshqa ustuvor tarmoqlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati Shavkat Mirziyoyevning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti tafsilotlarini
ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, muloqot chog‘ida amaliy hamkorlikni kengaytirish, savdo munosabatlari sur’atini ta’minlash va yetakchi korxonalarning kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Ikki mamlakat yetakchilari shu kunlarda o‘tayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasining samarali natijalarini katta mamnuniyat bilan qayd etishdi.
Ushbu tadbirda 35 mamlakat biznesining 5 ming nafardan ziyod vakili ishtirok etmoqda.
Suhbat chog‘ida avtomobilsozlik, temir yo‘l transporti, farmatsevtika, kimyo sanoati va boshqa ustuvor tarmoqlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Sanoat ipotekasi, klasterlar, industrial rivojlanish jamg‘armasi kabi vositalarni rivojlantirish borasidagi ilg‘or tajribani o‘rganishdan manfaatdorlik bildirildi.
Mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi.
Muloqot yakunida Mirziyoyev Konstitutsiya bo‘yicha bo‘lajak referendumning Rossiya hududida o‘tkazilishiga ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun Rossiya prezidentiga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, sal oldinroq Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qilganini ma’lum qilgani
xabar qilingan edi.