Toshkentda xalqaro landshaft san’ati ekofestivali o‘tkaziladi

© unsplash.com/James LewisDoroga, petlyayushaya mejdu derevyami.
Doroga, petlyayushaya mejdu derevyami. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2023
Obuna bo‘lish
Ekofestivalda manzarali o‘simliklar, kichik bog‘dorchilik va xiyobon landshafti ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Ularda O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston arxitektorlari ijodi namoyish etiladi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Toshkentda 27-29 aprel kunlari II Green Art xalqaro landshaft san’ati ekofestivali bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘istonning landshaft arxitektorlari ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston landshaft dizayni assotsiatsiyasi rahbari Tatyana Yugay ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Bu yilgi ekofestival Tabiat resurslari vazirligi tashabbusi bilan festivalni xalqaro doirada, kengroq ko‘lamda o‘tkaziladi. Landshaft dizayni, ekologiya va haykaltaroshlik bo‘yicha yangi ijodiy ishlar, ko‘rgazmali stendlar namoyish etiladi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonda ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalariga jamoatchilik e’tiborini qaratish va xalqaro doirada tajriba almashishdan iborat.
Ekofestivalda manzarali o‘simliklarning ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Unda O‘zbekistondan “Botanik”, “Zuhriddin flowers”, “Toshkent gullari”, Rossiyadan “Devatochka”, “Pitomnik Savvateyevix", Italiyadan “Pistoia Flor” kabi brendlar ishtirok etadi.
Kichik bog‘dorchilik va xiyobon landshafti bo‘yicha ham ko‘rgazmalar o‘tkaziladi. O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘istondan ark, o‘rindiq va boshqa dizaynlar bo‘yicha landshaft arxitektorlar ishtirok etadi.
“Ekofestivalda ilmiy konferensiya hamda yoshlar forumi ham tashkil etiladi. Jahonning rivojlangan mamlakatlaridan olimlar va mutaxassislar ishtirok etadi. Yoshlar forumi doirasida havaskor, yosh va mahoratli mutaxassislarning ko‘rgazma ishlari ko‘riladi, O‘zbekistonning qator shaharlari bo‘ylab sayohatlar uyushtiriladi”, - dedi Tatyana Yugay.
Tadbir kunlari “Megapolisdagi kichik bog‘” loyihasi bo‘yicha tanlov tashkil etiladi va g‘oliblar munosib taqdirlanadi.
Ekofestival "Hyatt" mehmonxonasi oldidagi maydonda bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0