Ish beruvchilarga yosh xodimlari uchun to‘langan ijtimoiy soliqni qaytarish amaliyoti uzaytirildi

CC0 / / Nalogi
Nalogi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2023
Obuna bo‘lish
Bu tartib ayrim ish beruvchilarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekistonda prezident farmoni bilan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni ishga olgan korxonalarga to‘langan ijtimoiy soliqni qoplab berish amaliyoti 2023-yil 1-maydan 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.
Bunda ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qoplab beriladi.
Bu imkoniyat budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada to‘lovchilarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, ilgari bu muddat 2021-yil 1-maydan 2023-yil 1-yanvarga qadar etib belgilangan edi.
Yangiliklar lentasi
0