Chimonda kvadratsiklda harakatlangan fuqarolar jarlikka qulab tushishdi

© Ministerstvo po chrezvichaynim situatsiyamChimgan
Chimgan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2023
Obuna bo‘lish
Chimon tog‘ida kvadratsiklda harakatlanib, boshqaruvni yo‘qotgan ikki nafar fuqaro qutqarildi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Chimon tog‘ida kvadratsiklda harakatlangan fuqarolar jarlikka qulab tushdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Bu baxstsiz hodisa haqidagi xabar kecha soat 17:02 da Chimon yong‘in-qutqaruv otradiga kelib tushgan.
Qayd etilishicha, ikki fuqaro o‘zining ehtiyotsizligi natijasida boshqaruvni yo‘qotgan.

“Zudlik bilan hodisa joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borib, tan jarohati olgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatdi. Ular tez tibbiy yordam xodimlariga topshirildi”, - deyiladi xabarda.

© Ministerstvo po chrezvichaynim situatsiyamChimgan
Chimgan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2023
Chimgan
Hozirda ularning sog‘liqlari yaxshi va shifokorlar nazoratida.
Yangiliklar lentasi
0