Dunyoda yiliga 247 million kishi bezgakka chalinmoqda – JSST

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishRossiyskie mediki razrabotali vaksinu protiv lixoradki Ebola
Rossiyskie mediki razrabotali vaksinu protiv lixoradki Ebola - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2023
Obuna bo‘lish
Jami kasallanish ko‘rsatkichlarining 95 foizi va o‘lim holatlarining 96 foizi Afrika qit’asida qayd etilyapti.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Dunyoda yiliga o‘rtacha 247 million kishiga bezgak tashxisi qo‘yilmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lum qildi.
Jami kasallanish ko‘rsatkichlarining 95 foizi va o‘lim holatlarining 96 foizi Afrika qit’asida qayd etilyapti. Mintaqada ushbu infeksiya oqibatida hayotdan ko‘z yumayotganlarning 80 foizi — besh yoshgacha bo‘lgan bolalar.
JSST rahbari Tedros Gebreyesusga ko‘ra, hozir bezgakka qarshi kurashish vositalari mavjud. Bu boradagi profilaktika, diagnostika va davolash usullari samaradorligi tasdiqlangan.
Xususan, kasallikka qarshi emlanish orqali har yili o‘n minglab bolalarning hayotini saqlab qolish mumkin. Shuningdek, infeksiya o‘choqlari aniqlangan mamlakatlarga ko‘mak berish yo‘li bilan epidemiyani jilovlash imkoni bor.
“Masalan, 2019-yilda sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan bezgakka qarshi birinchi vaksina qariyb 30-yillik izlanishlar natijasida yaratildi. U kasallikning oldini olishda xavfsiz va samarali ekani isbotlandi. Shundan so‘ng mazkur emlash vositasi JSST tomonidan 2021-yilda ommaviy qo‘llash uchun tavsiya etildi”, - deyiladi xabarda.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, hozirgacha Gana, Keniya va Malavida 1,5 million bola tashkilot tomonidan muvofiqlashtirilgan pilot-loyiha asosida birinchi dozada emangan. Ikkinchi dozadagi vaksinatsiya dasturi ma’qullanishi bilan emlanuvchi qatlam qamrovi yanada oshadi.
Qayd etilishicha, hozir bezkak tarqatuvchi chivinlarga qarshi kurashda innovatsion usullardan foydalanishga kirishilgan. Bu yaqin kelajakda o‘z samarasini berishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0