https://oz.sputniknews.uz/20230425/rossiya-ozbekiston-34219903.html
Qarshi va Novocheboksark birodar shaharlarga aylandi
Qarshi va Novocheboksark birodar shaharlarga aylandi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning Chuvashiya respublikasi Novocheboksark shahri va O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri o‘rtasida birodarlik aloqalari o‘rnatildi
2023-04-25T11:06+0500
2023-04-25T11:06+0500
2023-04-25T11:06+0500
qashqadaryo viloyati
innoprom — 2023
qarshi
o‘zbekiston - rossiya
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/744/28/7442899_0:61:1000:624_1920x0_80_0_0_74f09b947502669e4b8250cec6a9c530.jpg
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Rossiyaning Chuvashiya respublikasi Novocheboksark shahri va O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri o‘rtasida birodarlik aloqalari o‘rnatildi. Bu haqda Sputnik muxbiriga Chuvashiya respublikasi ma’muriyati matbuot xizmati ma’lum qildi.Tegishli bitimni “Innoprom. Markaziy Osiyo” - uchinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida Chuvashiya respublikasi rahbari Oleg Nikolayev va Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov imzoladi.Birodar shahar maqomini mustahkamlash keng sarmoyaviy hamkorlikni, Novocheboksarsk va Qarshi shaharlarida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, turizm aloqalarini mustahkamlashni nazarda tutadi.Bundan tashqari, tomonlar turli sohalardagi hamkorlikka qiziqish bildirdi.Shuningdek, u O‘zbekistonga piyoz to‘plami yetkazib berishga tayyorligini ma’lum qildi. O‘z navbatida Murotjon Azimov Chuvashiya respublikasidan kartoshka yetkazib berish va chuvash traktorlarini yig‘ish masalasiga qiziqish bildirdi.Eslatib o‘tamiz, Toshkentda “Innoprom. Markaziy Osiyo” - uchinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Rossiya, O‘zbekiston, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan 300 dan ortiq kompaniya ishtirok etmoqda.Tadbirning asosiy maqsadlari – sohadagi eng ilg‘or texnologiyalar va ishlanmalarni keng targ‘ib qilish, O‘zbekiston sanoat korxonalari va boshqa mamlakatlar o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Investitsion bitimlar va savdo shartnomalarining mustahkam paketi imzolanishi kutilmoqda.
qashqadaryo viloyati
qarshi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/744/28/7442899_0:0:888:666_1920x0_80_0_0_3e476612dfdc563116f849bc2744f4ee.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qarshi novocheboksark birodar shahar
qarshi novocheboksark birodar shahar
Qarshi va Novocheboksark birodar shaharlarga aylandi
Chuvash respublikasining Novocheboksark shaharlari va Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri o‘rtasida qardosh shahar munosabatlari o‘rnatildi.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Rossiyaning Chuvashiya respublikasi Novocheboksark shahri va O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri o‘rtasida birodarlik aloqalari o‘rnatildi. Bu haqda Sputnik muxbiriga Chuvashiya respublikasi ma’muriyati matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tegishli bitimni “Innoprom. Markaziy Osiyo” - uchinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida Chuvashiya respublikasi rahbari Oleg Nikolayev va Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov imzoladi.
“Bitim har ikki mintaqa uchun ma’lum imkoniyatlarni ochadigan katta, ko‘p qirrali yo‘lning boshlanishidir. Ishonchim komilki, bizda qiziqarli qo‘shma loyihalar va amalga oshirish uchun g‘oyalar bo‘ladi”, - deydi Oleg Nikolayev.
Birodar shahar maqomini mustahkamlash keng sarmoyaviy hamkorlikni, Novocheboksarsk va Qarshi shaharlarida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, turizm aloqalarini mustahkamlashni nazarda tutadi.
Bundan tashqari, tomonlar turli sohalardagi hamkorlikka qiziqish bildirdi.
“Savdo-iqtisodiy, sanoat, ijtimoiy sohalar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, traktorsozlik sohalarida hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishib oldik. Bunday hamkorlik ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi konstruktiv muloqot, o‘zaro hamjihatlik va do‘stlikning asosiy elementidir”, - deya qo‘shimcha qildi Nikolayev.
Shuningdek, u O‘zbekistonga piyoz to‘plami yetkazib berishga tayyorligini ma’lum qildi. O‘z navbatida Murotjon Azimov Chuvashiya respublikasidan kartoshka yetkazib berish va chuvash traktorlarini yig‘ish masalasiga qiziqish bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda “Innoprom. Markaziy Osiyo” - uchinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Rossiya, O‘zbekiston, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan 300 dan ortiq kompaniya ishtirok etmoqda.
Tadbirning asosiy maqsadlari – sohadagi eng ilg‘or texnologiyalar va ishlanmalarni keng targ‘ib qilish, O‘zbekiston sanoat korxonalari va boshqa mamlakatlar o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Investitsion bitimlar va savdo shartnomalarining mustahkam paketi imzolanishi kutilmoqda.