Farg‘onada “Kulolchilik sayli” o‘tkaziladi
© unsplash/AXP PhotographyUzbekskaya keramika.
Obuna bo‘lish
Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida Turkiy xalqlar hunarmandchiligi forumi va uning doirasida “Kulollar sayli” bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida 12–14 may kunlari “Turkiy xalqlar hunarmandchiligi” forumi va “Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Sputnik muxbiriga “Hunarmand” ijodiy uyushmasi ma’lum qildi.
An’anaviy “Turkiy xalqlar hunarmandchiligi” forumida Rossiya, Polsha, Chexiya, Ozarbayjon, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Isroil, Turkiya, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston kabi 15 ga yaqin xorijiy mamlakatlardan soha mutaxassislari, olimlar va hunarmandlar ishtirok etadi.
“Tadbirda O‘zbekistonning turli hududlariga xos bo‘lgan kulolchilik maktablarining mashhur xalq amaliy san’ati ustalari tomonidan mahorat darslari tashkil etiladi. Kulolchilarga va boshqa hunarmandlarga shogird tushmoqchi bo‘lgan yosh havaskorlar bemalol tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin”, - dedi Respublika “Hunarmand” ijodiy uyushmasi axborot xizmati rahbari Nilufar Xotamova.
Kulolchilik saylida qiziquvchilar va mehmonlar loydan kulolchilik mahsulotlarini yasash, ularga naqsh berish, pishitish jarayonlarida bevosita ishtirok etishlari mumkin.
Shuningdek, Rishtonda joylashgan “Shokir mingboshi keramik” va “Koron” kulolchilik markazlariga tashrif, kulolchilik mahsulotlari savdosi ham o‘tkaziladi.
Mavzuga doir: