https://oz.sputniknews.uz/20230425/putin-34235229.html
Putin: o‘tgan yili O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash 25 foizdan ziyodga oshdi
Putin: o‘tgan yili O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash 25 foizdan ziyodga oshdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya yetakchisi u ko‘rgazma davomida mamlakatlar o‘zaro tajriba almashishi, savdo-iqtisodiy, sanoat va investitsiya hamkorligining dolzarb masalalarini muhokama qilishi hamda o‘zaro manfaatli loyihalarni rejalashtirishi va yangi sherikchilik aloqalarini o‘rnatishiga ishonch bildirgan.
2023-04-25T14:30+0500
2023-04-25T14:30+0500
2023-04-25T14:33+0500
innoprom — 2023
vladimir putin
o‘zbekiston - rossiya
hamkorlik
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/05/33547486_0:23:3072:1751_1920x0_80_0_0_ded13123ffe4033c783d278590a18c3f.jpg
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Moskva va Toshkent 2022-yilda o‘zaro savdo-sotiq hajmini 25 foizdan ziyodga oshirdi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.Rossiya rahbari tabrigini mamlakat bosh vazirining o‘rinbosari, sanoat va savdo vaziri Denis Manturov o‘qib eshittirdi.Rossiya yetakchisi u ko‘rgazma davomida mamlakatlar o‘zaro tajriba almashishi, savdo-iqtisodiy, sanoat va investitsiya hamkorligining dolzarb masalalarini muhokama qilishi hamda o‘zaro manfaatli loyihalarni rejalashtirishi va yangi sherikchilik aloqalarini o‘rnatishiga ishonch bildirgan.24-26 aprel kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” MKK maydonida uchinchi bor “INNOPROM. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Ko‘rgazma bu yil nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ulkan sarmoyaviy iqtisodiy va sanoat istiqbollari kun tartibini ochib beradi.Ko‘rgazmada ishtirok etish uchun MDH davlatlari, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Hindiston, Singapur, Xitoy, Yaponiya, Armaniston, Qozog‘iston, Turkiya va Turkmanistondan 5 mingdan ortiq delegatlar, shuningdek, 300 dan ortiq xorijiy kompaniyalar, biznes vakillari va hukumat amaldorlari ro‘yxatdan o‘tgan.Tadbirning asosiy maqsadlari – sohadagi eng ilg‘or texnologiyalar va ishlanmalarni keng targ‘ib qilish, O‘zbekiston sanoat korxonalari va boshqa mamlakatlar o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Salmoqli investitsion bitimlar va savdo shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20230425/innoprom-mirziyoev-34225294.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/05/33547486_325:0:3056:2048_1920x0_80_0_0_7d371cc9ad5aa8450e6e1eab81c06945.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vladimir putin o‘zbekiston rossiya tovar ayirboshlash ma’lumot innoprom
vladimir putin o‘zbekiston rossiya tovar ayirboshlash ma’lumot innoprom
Putin: o‘tgan yili O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash 25 foizdan ziyodga oshdi
14:30 25.04.2023 (yangilandi: 14:33 25.04.2023) Rossiya prezidenti “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Moskva va Toshkent 2022-yilda o‘zaro savdo-sotiq hajmini 25 foizdan ziyodga oshirdi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Rossiya rahbari tabrigini mamlakat bosh vazirining o‘rinbosari, sanoat va savdo vaziri Denis Manturov o‘qib eshittirdi.
“Markaziy Osiyo boy tabiat resurslari va ulkan insoniy salohiyatga ega. Mintaqaviy jarayonlar va iqtisodiy kooperatsiya g‘oyat yuqori sur’atni namoyish etmoqda. Shu jihatdan mamlakatlar – ko‘rgazma tashkilotchilari Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik rivojlanishi sur’atlarini yaqqol misol. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra ikki tomonlama tovar ayirboshlash 25 foizdan ziyodga oshdi”, - dedi Putin.
Rossiya yetakchisi u ko‘rgazma davomida mamlakatlar o‘zaro tajriba almashishi, savdo-iqtisodiy, sanoat va investitsiya hamkorligining dolzarb masalalarini muhokama qilishi hamda o‘zaro manfaatli loyihalarni rejalashtirishi va yangi sherikchilik aloqalarini o‘rnatishiga ishonch bildirgan.
24-26 aprel kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” MKK maydonida uchinchi bor “INNOPROM. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Ko‘rgazma bu yil nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ulkan sarmoyaviy iqtisodiy va sanoat istiqbollari kun tartibini ochib beradi.
Ko‘rgazmada ishtirok etish uchun MDH davlatlari, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Hindiston, Singapur, Xitoy, Yaponiya, Armaniston, Qozog‘iston, Turkiya va Turkmanistondan 5 mingdan ortiq delegatlar, shuningdek, 300 dan ortiq xorijiy kompaniyalar, biznes vakillari va hukumat amaldorlari ro‘yxatdan o‘tgan.
Tadbirning asosiy maqsadlari – sohadagi eng ilg‘or texnologiyalar va ishlanmalarni keng targ‘ib qilish, O‘zbekiston sanoat korxonalari va boshqa mamlakatlar o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Salmoqli investitsion bitimlar va savdo shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.