Mejdunarodnaya promishlennaya vistavka Innoprom-2022. Sentralnaya Aziya - Sputnik O‘zbekiston, 1920
Innoprom — 2023
Toshkentda 24-26 aprel kunlari “Innoprom. Markaziy Osiyo” — uchinchi xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda turli mamlakatlarning 300 dan ortiq kompaniyalari ishtirok etmoqda. Uch davlat o‘z milliy stendlari bilan ishtirok etmoqda: O‘zbekiston, Rossiya va Belarus.

O‘zbekistonda qazib olinayotgan gazning 30% Rossiya ishtirokida amalga oshmoqda

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishKandimskiy gazopererabativayushiy kompleks v Uzbekistane
Kandimskiy gazopererabativayushiy kompleks v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2022-yilda 51,5 milliard kub metr tabiiy gaz ishlab chiqarilgan. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha respublika dunyoning birinchi 20 taligiga kiradi.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. O‘zbekiston qazib olinayotgan jami tabiiy gazning 30% Rossiya kapitali ishtirokida tashkil qilingan kompaniyalar tomonidan amalga oshirilmoqda. Bu haqida O‘zbekiston Energetika vazirligi Davlat tomonidan tartibga solish bosh boshqarmasi boshlig‘i Adhamjon Ubaydullayev Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
"O‘zbekistonda 2022-yilda 51,5 milliard kub metr tabiiy gaz ishlab chiqarilgan. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha respublika dunyoning birinchi 20 taligiga kiradi.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan umumiy gaz hajmining 30% dan ortig‘i (15 mld.m3) Rossiya kapitali ishtirokida tashkil kilingan kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan", - deyiladi xabarda.
Respublika neft-gaz sanoatining eng yirik investori "Lukoyl" kompaniyasi bo‘lib, u “mahsulot taqsimoti kelishuvlar”i asosida O‘zbekistonga 10 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritgan.
Rossiya kompaniyalari bilan energetika sohaqida aloqalar yanada rivojlanadi. Xususan, yaqinda "Gazpromneft" bilan 300 ming tonna neft yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi, - dedi Ubaydullayev.
Shuningdek, amaldor "Tatneft" tomonidan uchta yoqilg‘i quyish shoxobchasi qurilgani va O‘zbekiston ularning faoliyatni kengaytirish borasida hamkorlik qilish niyatida eanini ma’lum qildi.
"Ular bilan O‘zbekistondagi ikkita yirik zavoddan biri bo‘lgan Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilishda ishtirok etish masalasini muhokama qilmoqdamiz. Biz neft-gaz va kimyo sanoati uchun ishlab chiqarish va ta’mirlash va servis ishlarini mahalliylashtirishdan manfaatdormiz, - dedi Ubaydullayev.
Yangiliklar lentasi
0