https://oz.sputniknews.uz/20230425/mirziyoev-rossiya-sanoat-va-savdo-vazirini-qabul-qildi-34255737.html
Mirziyoyev Rossiya sanoat va savdo vazirini qabul qildi
Mirziyoyev Rossiya sanoat va savdo vazirini qabul qildi
Sputnik O‘zbekiston
Manturov Toshkent shahrida o‘tayotgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilmoqda.
2023-04-25T18:44+0500
2023-04-25T18:44+0500
2023-04-25T18:46+0500
innoprom — 2023
siyosat
shavkat mirziyoyev
denis manturov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/19/34254860_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_6e9c1cf880d268ae83ca1c74d18568b4.jpg
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari, sanoat va savdo vaziri Denis Manturovni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Manturov Toshkent shahrida o‘tayotgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilmoqda.Uchrashuvda ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.Mirziyoyev 35 ta mamlakat biznesining 5 ming nafardan ziyod vakillari ishtirokidagi “Innoprom” forumi muvaffaqiyatli tashkil etilgani va o‘tkazilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.Tovar ayirboshlash sur’atini saqlash va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.Ikki mamlakat hududlarining amaliy sherikligini yanada rivojlantirish va hamkorlikni aniq loyihalar bilan boyitish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi. Misol tariqasida joriy haftada Jizzax viloyatida texnologik park ishga tushirilgani qayd etildi.Loyiha ofisi faoliyati doirasida, shu jumladan energetika, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, farmatsevtika kabi yo‘nalishlarda va boshqa tarmoqlarda investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishni jadallashtirish muhim ekani ko‘rsatib o‘tildi.Sanoat ishlab chiqarishini qo‘llab-quvvatlashda Rossiya tajribasini joriy etishga qiziqish bildirildi hamda qo‘shma loyihalarni ilgari surishning institutsional mexanizmlarini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/19/34254860_101:0:1237:852_1920x0_80_0_0_2a51c443ff4418e3e7b9ac1509e19bfe.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev denis manturov
shavkat mirziyoyev denis manturov
Mirziyoyev Rossiya sanoat va savdo vazirini qabul qildi
18:44 25.04.2023 (yangilandi: 18:46 25.04.2023) Tomonlar tovar ayirboshlash sur’atini saqlash va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratishdi.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari, sanoat va savdo vaziri Denis Manturovni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar berdi. Manturov Toshkent shahrida o‘tayotgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilmoqda.
Uchrashuvda ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Mirziyoyev 35 ta mamlakat biznesining 5 ming nafardan ziyod vakillari ishtirokidagi “Innoprom” forumi muvaffaqiyatli tashkil etilgani va o‘tkazilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Tovar ayirboshlash sur’atini saqlash va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Ikki mamlakat hududlarining amaliy sherikligini yanada rivojlantirish va hamkorlikni aniq loyihalar bilan boyitish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi. Misol tariqasida joriy haftada Jizzax viloyatida
texnologik park ishga tushirilgani qayd etildi.
Loyiha ofisi faoliyati doirasida, shu jumladan energetika, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, farmatsevtika kabi yo‘nalishlarda va boshqa tarmoqlarda investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishni jadallashtirish muhim ekani ko‘rsatib o‘tildi.
Sanoat ishlab chiqarishini qo‘llab-quvvatlashda Rossiya tajribasini joriy etishga qiziqish bildirildi hamda qo‘shma loyihalarni ilgari surishning institutsional mexanizmlarini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.