Baxtiyor Saidov tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi

© MID UzbekistanaBaxtiyor Saidov
Baxtiyor Saidov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Baxtiyor Saidov O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Baxtiyor Saidov tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Baxtiyor Odilovich Saidov O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Bundan ilgariroq Baxtiyor Saidovning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.
Baxtiyor Saidov 1981-yilda tug‘ilgan. Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi. Ilgari Vazirlar Mahkamasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida ishlagan.
2017 yil iyulidan O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi. 2018-yil aprel oyida u bir vaqtning o‘zida Mo‘g‘ulistondagi elchi, 2019-yil iyul oyida qarorgohi Pekinda bo‘lgan Filippindagi elchisi lavozimlarida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Saidov 2022-yilning 30-dekabrida xalq ta’limi vaziri lavozimidan ozod etilib, tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0