Ukraina g‘arbida yana bir UPCh ibodatxonasini yoqib yuborishdi

© Foto : Chernіvesko-Bukovinskoї єparxії UPSPojar v xrame v chest prepodobnogo Iova Pochayevskogo kanonicheskoy Ukrainskoy pravoslavnoy serkvi.
Pojar v xrame v chest prepodobnogo Iova Pochayevskogo kanonicheskoy Ukrainskoy pravoslavnoy serkvi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2023
Obuna bo‘lish
So‘nggi yilda Ukraina hukumati UPChga qarshi mamlakat tarixidagi eng ko‘lamli ta’qibni boshladi.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Dushanbaga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar Chernoviskiy viloyati Miliyevo qishlog‘idagi Iov Pochayevskiy ibodatxonasiga o‘t qo‘ydi. Bu haqda Ukraina pravoslav cherkovi (UPCh) ma’lum qildi.
“Bu kecha tunda Vijniskiy tumanining eng chiroyli ibodatxonalaridan biri – Bukovinadagi Miliyevo qishlog‘idagi Iov Pochayevskiy ibodatxonasini yoqib yuborishdi”, - deyilgan xabarda.
Ibodatxona 2004-yilda ixtilofchi Kiyev patriarxati tarafdorlari tomonidan mahalliy cherkov egallab olingandan keyin ibodatxonaga qatnovchilarning kuchi bilan bunyod etilgandi.
So‘nggi yilda Ukraina hukumati UPChga qarshi mamlakat tarixidagi eng ko‘lamli ta’qibni boshladi. Uni go‘yoki Rossiya bilan aloqasi borligini vaj qilib, Ukrainaning turli mintaqalaridagi mahalliy hukumatlar UPCh faoliyatini taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilishdi, mamlakat parlamenti esa uni Ukrainada amalda taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqqan. Ayrim UPCh ruhoniylariga qarshi sanksiya kiritilgan, Ukraina Xavfsizlik xizmati ularga qarshi jinoiy ish ocha boshlagan.

Mavzuga oid:

Kiyev rejimi UPCh ibodatxonalarida “aksilrazvedka tadbirlarini” o‘tkazdi
Ig‘vogarlar Ivano-Frankovskdagi UPCh ibodatxonasiga hujum qilishdi – video
Ukraina LXR va DXR cherkovlarini muntazam o‘qqa tutmoqda - video
Kiyev-Pechersk lavrasi haqida 10 ta fakt - video
Yangiliklar lentasi
0