https://oz.sputniknews.uz/20230424/rossiya-boku-erevan-34202503.html
Rossiya Boku va Yerevanni zudlik bilan kelishuvlarga rioya qilishga chaqirdi
Rossiya Boku va Yerevanni zudlik bilan kelishuvlarga rioya qilishga chaqirdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Ozarbayjon va Armanistonni zudlik bilan mavjud kelishuvlarga qaytishga chorlaydi, Moskva Qorabog‘da o‘t ochishni bas qilish rejimi buzilishi ko‘payganidan o‘ta xavotirda. Bu haqda Rossiya TIV bayonot berdi.
2023-04-24T16:20+0500
2023-04-24T16:20+0500
2023-04-24T16:20+0500
rossiya
ozarbayjon
armaniston
tog‘li qorabog‘
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/05/19547262_0:0:3314:1864_1920x0_80_0_0_085f2cf0d079e7d30ce7fb64e3ca7212.jpg
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Rossiya Ozarbayjon va Armanistonni zudlik bilan mavjud kelishuvlarga qaytishga chorlaydi, Moskva Qorabog‘da o‘t ochishni bas qilish rejimi buzilishi ko‘payganidan o‘ta xavotirda. Bu haqda Rossiya TIV bayonot berdi.Rossiya TIV Ozarbayjon va Armanistonga har qanday darajada yordam ko‘rsatishga hozirligini ma’lum qilgan.“Har qanday holatda mahalliy aholi jabrlanmasligi va ular hayot faoliyatiga biror bir to‘siqlik yaratilmasligi shart va zarurligidan kelib chiqamiz”, - deyiladi xabarda.Moskva Ozarbayjon va Armaniston ommaviy maydonida ayblov va agressiv ohang o‘sib borayotganini xavfli deb hisoblashini ta’kidlagan. Shuningdek, Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston yetakchilarining 2020-yil 9-noyabrdagi uch tomonlama bayonotlari asosiy nizomlarini buzuvchi, jumladan, Lochin yo‘lagi ishi rejimini o‘zgartirishga oid har qanday bir yoqlama choralarni nomaqbul deb biladi.Rossiya TIV Boku va Yerevan siyosiy irodasini ko‘rsatib, salbiy harakatlarni yengib o‘tishiga umid bildirgan.Kuni kecha Ozarbayjon Davlat chegara xizmati Armaniston bilan chegarada Lochin yo‘lagidagi Stepanakert (Xankendi) yo‘li boshida nazorat-o‘tkazish punktini o‘rnatdi. Boku buni xavfsizlikka bo‘layotgan tahdidlar hamda Armanistonning yo‘ldan noqonuniy foydalangani bilan tushuntirdi. Yerevan bu 2020-yildagi uch tomonlama bayonotga zid ekanini ta’kidlamoqda.
armaniston
tog‘li qorabog‘
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/05/19547262_291:0:3022:2048_1920x0_80_0_0_bd464dd540e0c071e06393ec102e0b80.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya ozarbayjon armaniston tog‘li qorabog‘ bayonot
rossiya ozarbayjon armaniston tog‘li qorabog‘ bayonot
Rossiya Boku va Yerevanni zudlik bilan kelishuvlarga rioya qilishga chaqirdi
Moskva Qorabog‘da o‘t ochishni bas qilish rejimi buzilishi ko‘payganidan o‘ta xavotirda ekanini bildirmoqda.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Rossiya Ozarbayjon va Armanistonni zudlik bilan mavjud kelishuvlarga qaytishga chorlaydi, Moskva Qorabog‘da o‘t ochishni bas qilish rejimi buzilishi ko‘payganidan o‘ta xavotirda. Bu haqda Rossiya TIV
bayonot berdi. “O‘t ochishni bas qilishning buzilishi soni o‘sishini o‘ta xavotir bilan qayd etamiz. <...> Tomonlarni zudlik bilan mavjud kelishuvlarga qaytishga chaqiramiz”, - deyiladi rasmiy bayonotda.
Rossiya TIV Ozarbayjon va Armanistonga har qanday darajada yordam ko‘rsatishga hozirligini ma’lum qilgan.
“Har qanday holatda mahalliy aholi jabrlanmasligi va ular hayot faoliyatiga biror bir to‘siqlik yaratilmasligi shart va zarurligidan kelib chiqamiz”, - deyiladi xabarda.
Moskva Ozarbayjon va Armaniston ommaviy maydonida ayblov va agressiv ohang o‘sib borayotganini xavfli deb hisoblashini ta’kidlagan. Shuningdek, Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston yetakchilarining 2020-yil 9-noyabrdagi uch tomonlama bayonotlari asosiy nizomlarini buzuvchi, jumladan, Lochin yo‘lagi ishi rejimini o‘zgartirishga oid har qanday bir yoqlama choralarni nomaqbul deb biladi.
Rossiya TIV Boku va Yerevan siyosiy irodasini ko‘rsatib, salbiy harakatlarni yengib o‘tishiga umid bildirgan.
Kuni kecha Ozarbayjon Davlat chegara xizmati Armaniston bilan chegarada Lochin yo‘lagidagi Stepanakert (Xankendi) yo‘li boshida nazorat-o‘tkazish punktini o‘rnatdi. Boku buni xavfsizlikka bo‘layotgan tahdidlar hamda Armanistonning yo‘ldan noqonuniy foydalangani bilan tushuntirdi. Yerevan bu 2020-yildagi uch tomonlama bayonotga zid ekanini ta’kidlamoqda.