Moskva metrosining "Katta halqa yo‘li" kuniga bir millionga yaqin yo‘lovchi tashimoqda

© Foto : Press-Slujba Departamenta transporta MoskviStansiya "SSKA" Bolshoy kolsevoy linii metro v Moskve.
Stansiya SSKA Bolshoy kolsevoy linii metro v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2023
Obuna bo‘lish
Kompaniyalar xabarlari
Metroning "Katta halqa yo‘li" ochilganidan so‘ng oldin shaxsiy transportdan foydalangan 80 ming kishi jamoat transportiga o‘tdi, metro yo‘lovchilari esa 45 daqiqagacha vaqt tejamoqda.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Moskva metrosining "Katta halqa yo‘li" (KHY) kuniga 1 millionga yaqin yo‘lovchi tashimoqda.

Metroning "Katta halqa yo‘li"ning ochilishi Moskvaning barcha aholisiga sezildi. Ilgari shaxsiy transport, taksi yoki avtomashina ijarasidan foydalangan 80 mingga yaqin yangi yo‘lovchilar KHYdan foydalana boshladilar.

Metropolitenning yangi bekatlari nafaqat shahar aholisi uchun qulaylikni oshiradi va katta shaharda harakatlanishni osonlashtiradi, balki shahar makonining idrok etilishini ham o‘zgartiradi, tumanlarning yangi kelajagini, ba’zan esa fuqarolarning hayotiy strategiyasini shakllantiradi. Moskva metropolitenining "Katta halqa yo‘li" ishga tushirilishi tufayli poytaxt yo‘llaridagi avtomobillar soni 15-17 mingtaga kamaydi.
© Foto : Press-Slujba Departamenta transporta MoskviStansiya "Davidkovo" Bolshoy kolsevoy linii metro v Moskve.
Stansiya Davidkovo Bolshoy kolsevoy linii metro v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2023
Stansiya "Davidkovo" Bolshoy kolsevoy linii metro v Moskve.
Hozir KHY kuniga 1 milliongacha odam tashiydi, yil oxiriga kelib esa bu ko‘rsatkich 30 foizga oshishi mumkin. "Sokolniki", "Kashirskaya" va "Tekstilshiki" bekatlari metroning eng mashhur bekatlariga aylandi. Shu bilan birga, boshqa metro yo‘nalishlari va o‘tish uzellari ham ishga tushirildi. Yangi yo‘nalishlar yordamida, yo‘lovchilar kuniga 45 daqiqagacha vaqt tejaydi. KHY bekatlaridan metro bekatlariga, istiqbolli liniyalarni hisobga olgan holda "Moskva markaziy halqasi" (MMH), "Moskva markaziy diametrlari" (MMD) va temir yo‘l stansiyalarining tutash bekatlariga o‘tishni rekord miqdordagi – 47 ta o‘tish yo‘laklari orqali amalga oshirish mumkin.
KHYning uzunligi - 31 ta bekat va uchta elektr deposi bilan birgalikda 70 km. ni tashkil qiladi. Moskva metrosining eski halqa yo‘nalishining uzunligi - 12 ta bekati bilan 19,4 km. - 3,5 baravar kam. KHY, yer osti halqalari o‘rtasidagi sobiq chempion - Pekin metrosining ikkinchi halqa chizig‘ini 13 km. ga ortda qoldirdi va dunyodagi eng uzun metro halqasiga aylandi.
© Foto : Press- Slujba Departamenta transporta MoskviStansiya "Nijegorodskaya" Bolshoy kolsevoy linii metro v Moskve.
Stansiya Nijegorodskaya Bolshoy kolsevoy linii metro v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2023
Stansiya "Nijegorodskaya" Bolshoy kolsevoy linii metro v Moskve.
Metro yo‘lovchilarining qulayligi ham yaxshilandi, chunki KHYdagi "Moskva-2020" seriyasidagi vagonlarining eshiklari keng, o‘tish joyi, har bir o‘rindiqda USB quvvatlovchisi mavjud, ular shovqindan himoya qilish va havoni tozalash konditsioner tizimlari bilan jihozlangan, yoritish esa kunning vaqtiga qarab o‘zgaradi.

“KHY Moskva meri Sergey Sobaninning shaxsiy rahbarligida amalga oshirilgan, Moskva rivoji uchun nihoyatda muhim va zarur bo‘lgan dunyodagi eng yirik metro qurilishi loyihalaridan biridir. Katta halqa yo‘li katta yuk tashish quvvatiga ega va kelgusi yillar davomida temir yo‘l transporti tizimini yanada rivojlantirish uchun zamin yaratadi”, — dedi Moskva merining transport bo‘yicha o‘rinbosari Maksim Liksutov.

*Maqola tijoriy asosda chop etildi
Yangiliklar lentasi
0