Lavrov Nyu-Yorkka yetib bordi

© Press-slujba MID RFMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov vo vremya press-konferensii po itogam rabochey poyezdki v rezidensii Lagito.
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov vo vremya press-konferensii po itogam rabochey poyezdki v rezidensii Lagito.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2023
Obuna bo‘lish
U yerda Rossiya TIV rahbari raisligi ostida BMT Xavfsizlik Kengashi bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Nyu-Yorkka yetib keldi. U yerda Rossiya vaziri 24-25 aprel kunlari BMT Xavfsizlik Kengashi majlislarida ishtirok etadi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
“Sergey Lavrov Nyu-Yorkka yetib keldi. Ertaga uning raisligi ostida BMT Xavfsizlik Kengashi bo‘lib o‘tadi”, - deya yozdi Zaxarova o‘zining Telegram-kanalida.
Shuningdek, uning ta’kidlashicha, Sergey Lavrov reysini “Flightradar” xizmatida ko‘plab odamlar kuzatgan va bu kunning eng ko‘p kuzatilgan reyslaridan bo‘lgan.
Lavrov dushanba kuni BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashishi kutilmoqda. Avvalroq Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya muhokama uchun Rossiyaning bir qancha mavzulari yig‘ilib qolganini aytgandi.
Qo‘shma Shtatlar Rossiya delegatsiyasiga o‘tgan haftaning oxiriga kelib viza berishni boshladi. Lavrov o‘tgan hafta chorshanba kuni Vashingtonni BMTning asosiy qarorgohi joylashgan mamlakat sifatidagi pozitsiyasini suiiste’mol qilishlikda ayblagandi va AQSh ayrim diplomatlarga viza bermaganini ta’kidlagandi.
Qolaversa, Amerika hukumati rossiyalik jurnalistlarga viza bermagan. Rossiya TIV rahbari AQShning bu xatti-harakatini ahmoqlik deb atadi va Moskva buni “unutmasligi va kechirmasligini” qayd etdi.
Yangiliklar lentasi
0