Mejdunarodnaya promishlennaya vistavka Innoprom-2022. Sentralnaya Aziya - Sputnik O‘zbekiston, 1920
Innoprom — 2023
Toshkentda 24-26 aprel kunlari “Innoprom. Markaziy Osiyo” — uchinchi xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda turli mamlakatlarning 300 dan ortiq kompaniyalari ishtirok etmoqda. Uch davlat o‘z milliy stendlari bilan ishtirok etmoqda: O‘zbekiston, Rossiya va Belarus.

Krasnodar o‘lkasi va Andijon viloyati o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi

© Torgovogo predstavitelstva Rossii v UzbekistaneKrasnodarskiy kray i Andijanskaya oblast zaklyuchili soglashenie o sotrudnichestve
Krasnodarskiy kray i Andijanskaya oblast zaklyuchili soglashenie o sotrudnichestve  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2023
Obuna bo‘lish
Imzolash Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili o‘rinbosari Igor Kaminin ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Krasnodar o‘lkasi va Andijon viloyati o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, bitim “INNOPROM. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasining birinchi kuni doirasida xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish maqsadida tuzildi.
Hududlardan Krasnodar o‘lkasi gubernatori o‘rinbosari Aleksandr Ruppel va Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Botirjon Hamrayevlar imzolash marosimida ishtirok etdi.
Imzolash Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili o‘rinbosari Igor Kaminin ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
24-26 aprel kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” MKK maydonida uchinchi bor “INNOPROM. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Yangiliklar lentasi
0